calendar 31 Mar 10:21
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

Kreditga mashina chiqarib beramiz deb odamlarning 12 mlrd so‘m pulini yeb yuborgan firibgarlarga sud hukmi o‘qildi

image

Videodan kadr

Toshkent shahrida fuqarolarni aldab, ularning 12 mlrd so‘m pullarini o‘zlashtirgan firibgarlarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari telegram kanalida ma’lumot berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar fuqarolarga avtotransport vositalarini kredit evaziga olib berishni va’da qilib, to‘lovlarni olgandan so‘ng nom-nishonsiz yo‘qolib qolgan. Mijozlar Cobalt, Nexia 3, Jentra, Malibu va Isuzu rusumli avtomobillarni olish ilinjida to‘lov qilib, hech qanday mashinaga ega bo‘lishmagan.

"Bizga 2 haftada mashina tayyorlab beramiz, deya va’da bergan edi. Mana oradan 2 yil o‘tdi. Hech birimiz hech qanday mashina olganimiz yo‘q", - deydi jabrlanuvchi.

Aniqlanishicha, boshlang‘ich to‘lov sifatida bank muassasalari orqali qabul qilib olingan jami 12 mlrd so‘m pullar MCHJning korporativ kartasi orqali naqdlashtirilgan. Ular noqonuniy ravishda "UzAvtoPremium" MCHJ va "AvtoAloGroup" MT tashkil qilgan.
"Agar men buni firibgarligini bilganimda bu yerda ishlamas edim",- deydi o‘zini shu MCHJ menejeri deya tanishtirgan sudlanuvchi.

Holat yuzasidan mazkur jinoyat ishi JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi" a,v" bandilari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi "a,b" bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 29 yoshli yigit 9 yil 6 oy, 26 yoshli yigit 9 yil va JKning 168-moddasi 4-qismi "a,v" bandilari, 228-moddasi 2-qismi "a,b" bandlari, 243-moddasi, 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi "a,b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 27 yoshli yigit 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

30 yoshli sudlanuvchi qiz esa JKning 168-moddasi 4-qismi "v" bandi va 228-moddasi 2-qismi "a,b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
40
0
xs.uz

Prezident Jahon banki guruhining operatsiyalar boʻyicha boshqaruvchi direktorini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-aprel kuni Jahon banki guruhining operatsiyalar bo'yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.O'zbekistonning Jahon banki bilan keng ko'lamli strategik hamkorligini yanada rivojlantirish, eng avvalo, ushbu global moliyaviy institut tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar strategiyasini qo'llab-quvvatlash masalalari ko'rib chiqildi.Uchrashuv avvalida Anna Berde davlatimiz r

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Shu yilning oʻzida 400 ta madaniy meros obyekti tadbirkorlarga ijaraga beriladi

Toʻrt yilda madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilishga byudjetdan 385 milliard soʻm berildi. Shunga qaramasdan, hozirda yana 485 ta obyekt taʼmirtalab ahvolda. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida'maʼlum qilindi.'Faqat byudjetga qarab qolmasdan, bu ishlarga xususiy sektorni keng jalb qilsa boʻladi-ku!' dedi Prezident.Ijaraga berish mumkin boʻlgan 2 mingta madaniy meros obyektidan atigi 325 tasi tadbirkorlarga berilgani tanqid qilindi

04 Apr 16:18
 
66
0
xs.uz

Burhoniddin Kirmoniy merosi — Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida

Eronning Kirmon shahrida tug'ilgan bu alloma Samarqandda tibbiyotni chuqur o'rganib, Ibn Sino va Najibuddin Samarqandiy asarlariga sharhlar yozgan. U Ibn Sinoning mashhur 'Tib qonunlari' asariga yozgan sharhini Mirzo Ulug'bekka hadya qilgan. Hozirda mazkur asar qo'lyozmasining bir nusxasi Vashingtondagi tibbiyot kutubxonasida saqlanmoqda. Uning 'Sharhu-l-amrozi-l-juz'iya' ('Juz'iy kasalliklar sharhi') asari esa Damashqdagi 'Az-Zohiriya' kutubxonasida mavjud.Bu buyuk olimning ilmiy merosini o'rga

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira