
2023-yil 9-10-mart kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendum oʻtkazish haqidagi masala muhokama qilingandi.
Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga eng yaxshi takliflarni yuborgan 10 nafar faol fuqarolar qatorida men ham ishtirok etdim. Bu menga, yaʼni oddiy oʻqituvchiga yuksak iftixor bagʻishladi. Men tomondan berilgan taklifning oliy darajada eʼtirof etilishi, albatta, kutilmagan voqea boʻldi.
Yalpi majlisda Qonunchilik palatasida, avvalo, qoʻmita va fraksiyalar yigʻilishlarida muhokama qilinib, bir qancha chigʻiriqdan oʻtgan Konstitutsiya loyihasining har bir moddasiga birma-bir toʻxtalib oʻtilgani eʼtiborimni tortdi. Bu jarayonda men qonun loyihasi muhokamasi ochiq, qizgʻin tarzda boʻlganligi va deputatlarning birgina jumla yoki soʻz uchun qizgʻin tortishishiga guvoh boʻldim.
Koʻpchilik qatori https://meningkonstitutsiyam.uz platformasi orqali amaldagi Konstitutsiyaning 99-moddasiga “Ayni bir shaxs tegishli hududning ham vakillik, ham ijro organining rahbari boʻlishi mumkin emas. Hokim mahalliy Kengash raisligiga saylanishi mumkin emas” degan normani kiritish taklifini bergan edim.
Qarangki, ushbu taklifim inobatga olinib, Konstitutsiya loyihasining 120-moddasida “Viloyat, tuman va shahar hokimlari mahalliy Kengash raisi lavozimlarini egallashlari mumkin emas” koʻrinishida oʻz ifodasini topdi.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi: “Bu norma xalqimizga, qolaversa, mamlakatga nima beradi, qaysi jabhalarda oʻzgarish boʻladi?”
Agar biz Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonuniga eʼtibor bersak, unda mahalliy Kengashlarning ijro organi faoliyati ustidan bir nechta vakolatlari belgilangan. Byudjet, soliq va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar shular jumlasidan.
Mahalliy ijro etuvchi va vakillik hokimiyatining boʻlinishi mamlakatda butun davlat boshqaruvi tizimini chuqur isloh qilish uchun asos boʻladi. Shu asosda mahalliy Kengash raisi bilan hokim lavozimini bir-biridan ajratish amalga oshiriladi.
Bu islohotning joriy etilishi hokimiyat vakolatlarining boʻlinish prinsipini mahalliy darajada tatbiq etishga, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini, hokimlarning xalq vakillari oldidagi masʼuliyatini oshirishga olib keladi. Hududlarda xalq manfaatlarini toʻliq taʼminlashga, hokimliklar faoliyati ustidan Kengashlar va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Xulosa oʻrnida aytganda, konstitutsiyaviy islohot biz, fuqarolarning fikri va qoʻllab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirilayotgani Bosh qomusimizning xalqimiz xohish-irodasining ifodasi — haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylanishiga imkon beradi.
Qahramon UZOQOV, oʻqituvchi.
Fargʻona viloyati
Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident
Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ay
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.