calendar 07 Mar 12:51
eye 57
comments 0
comments Manba: zarnews

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi AQSh Tinch okeani uzra Pxenyan raketasini ushlab qolishini urush eʻloniga tenglashtirdi

image

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi, KXDR Markaziy qo'mitasi rahbari o'rinbosari Kim E Chjon AQSh va Janubiy Koreyaning Pxenyanning raketa sinovlariga aralashish bo'yicha har qanday harbiy urinishini KXDR urush eʻlon qilish sifatida ko'rishi haqida ogohlantirdi.

"Agar strategik qurollarni AQSh yurisdiktsiyasidan tashqaridagi ochiq dengizlar va mintaqada, atrofdagi davlatlar xavfsizligiga hyech qanday zarar yetkazmasdan sinovdan o'tkazishimiz ortidan to'xtatib turish kabi harbiy reaktsiya kuzatilsa, bu KXDRga ochiq-oydin urush eʻlon qilingani bo'ladi", dedi Kim E Chjon Koreya markaziy axborot agentligi tomonidan eʻlon qilingan bayonotda.

Uning so'zlariga ko'ra, "namoyishli harbiy harakatlari" va oxirgi paytlarda "qabul qilib bo'lmaydigan chegara"ga yetgan Vashington hamda Seulning ifodalari Pxenyanning "ajralmas reaktsiyasi" uchun sharoit yaratadi.

"Avval tushuntirilganidek, biz AQShning notinch harbiy faoliyati, Janubiy Koreya qo'g'irchoq harbiy kuchlari harakatini kuzatib boramiz va qarorimizga muvofiq istalgan vaqtda tegishli, tezkor va bostiruvchi choralar ko'rishga doimo tayyormiz", dedi Kim E Chjon.

"AQSh va Janubiy Koreya vaziyatni yanada og'irlashtiradigan so'z va harakatlardan tiyilishi kerak", deya qo'shimcha qildi u.

Avvalroq AQShning Hind-Tinch okeani qo'mondonligi rahbari admiral Jon Akvilino agar Shimoliy Koreya Tinch okeani tomon qitʻalararo ballistik raketa uchirsa, AQSh uni darhol tutib olishini maʻlum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
44
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac