
Foto: «Халқ сўзи»
Prezidentimizning oʻtgan yil dekabr oyidagi Farmoniga muvofiq, fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohalarining bir guruh vakillari mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotida alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
Poytaxtimizda ushbu yuksak mukofotlar oʻz egalariga topshirildi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, inson qadri ustuvor yurtda mehnatlar, fidoyilik, albatta, oʻz eʼtirofini topadi. Xalqning eʼzoziga, davlatning eʼtiboriga sazovor boʻladi.
Yangilanayotgan Oʻzbekistonda iqtisodiyot, taʼlim, ilm-fan, adabiyot, sanʼat va meʼmorlik sohalari zamon andozalariga mos rivojlanmoqda. Bu borada oʻz iqtidori, fidoyiligi, vatanparvarligi, jonkuyarligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan yurtdoshlarimizga alohida ehtirom koʻrsatilmoqda. Mazkur Davlat mukofoti buning yana bir hayotiy isbotidir.
— “Jaloliddin Mirtojiyev Davlat mukofotiga munosib koʻrildi” degan xushxabarni eshitib, toʻgʻrisi, yigʻlab yuborgandim, — deydi haykaltaroshning turmush oʻrtogʻi Naziya Mirtojiyeva. — Bugun ushbu yuksak mukofotni qoʻlga olar ekanman, oʻsha tuygʻu, hayajon, quvonch qalbimni yana toʻlqinlantirib yubordi. Turmush oʻrtogʻimning suvratiyu siyrati, ijod mashaqqatlari koʻz oldimda jonlandi. Qani endi ijodkor hayot boʻlsayu mana shu eʼzozni, hurmat-ehtiromni oʻzi koʻrsa, mehnatlari rohatini oʻzi totsa! Afsus, taqdir bizning qoʻlimizda emas. Jaloliddin Mirtojiyev oʻzidan katta meros qoldirdi. U yaratgan asarlar — ulugʻ ajdodlarimiz haykallari mamlakatimizning turli shaharlarida, hatto jahonning ulkan megapolislarida savlat toʻkib turibdi. Ijodkor dunyodan oʻtgan boʻlsa ham ruhan biz bilan doim birga, qalbimizda barhayot. Bu insonning xalqimiz ardogʻida ekanidan faxrlanamiz, xursand boʻlamiz.
Davlat mukofotlarini topshirish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O. Abdurahmonov ishtirok etdi.
Bayramga munosib tuhfa
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si
Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik
Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomat
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi