Xorazmda qator tumanlarga zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi


Foto: Xalq so‘zi
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida hududlardagi tez tibbiy yordam avtotransport parki yangilanmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyatiga 8 ta “Wolkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari keltirildi. Ushbu mashinalar Urganch shahri, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot va Gurlan tumanlari tez tibbiy yordam stansiyalariga topshirildi.
— Tumanimizdagi eng chekka qishloqlar 25 km uzoqlikda joylashgan, — deydi Xiva tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Olimboy Isoyev. — Yangi tez yordam mashinalari keltirilayotgani shunday qishloqlardan qabul qilingan chaqiruvlarga tezkor ravishda yetib borishga imkon berib, shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilaydi.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalaridan Xorazm viloyatiga joriy yilda yana 12 ta, kelgusi yil esa 22 ta keltirilishi belgilangan.
Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
“Oʻrik gullaganda” festivali tabiat qoʻynidagi maroqli sayr sifatida nishonlandi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanidan soʻng Rishton va Oʻzbekiston tumanida ham 'Oʻrik gullaganda' deb nomlangan yoshlar ijodiyoti festivali boʻlib oʻtdi.Rishton tumani 'Qalaynav' mahallasidagi bogʻlarda oʻtkazilgan tadbirda viloyatning shahar-tumanlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston va Erondan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi. Festival doirasida milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, sanʼatkor va hunarmandlar asarla