calendar 05 Jan 17:21
eye 40
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston 2022-yilda raqamli texnologiyalar sohasida katta oʻsishga erishdi

image

Foto: Illustrativ foto

Yakunlangan 2022-yilda mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish hamda ular yordamida insonlarning ogʻirini yengil qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Davlatimiz rahbari soha vakillari bilan bir necha marta uchrashib, sohani rivojlantirish boʻyicha bir qator vazifalarni belgilab berdi hamda Davlat rahbarining “Elektron hukumat” tizimi maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi va IT-Parkda qurilgan yangi binolarga tashrifi amalga oshirildi.

AKT sohasiga kiritilgan investitsiya hajmi 1,3 barobarga, soha tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi esa 1,25 barobarga oshirilishi natijasida aholi jon boshiga AKT xizmatlar 621 ming soʻmni tashkil etdi hamda qoʻshimcha 29,6 mingta aholining bandligi taʼminlandi.

Hozirgi kunda 31,0 mln. kishi Internet xizmatidan foydalanmoqda, mobil Internet foydalanuvchilari soni esa 29,5 mln.ni tashkil etdi.

Aholiga qulay va sifatli aloqani taʼminlash maqsadida:

— xalqaro Internet tarmogʻiga ulanishning umumiy oʻtkazuvchanlik qobiliyati 1,8 barobarga oshirilishi evaziga, bir oyda bir foydalanuvchiga toʻgʻri keladigan maʼlumot hajmi mobil aloqada 8,5 Gbni, simli Internetda esa 198 Gbni tashkil etdi.

— respublika boʻylab optik-tolali aloqa liniyalari uzunligini 1,5 barobarga kengaytirish orqali ularning aholi yashash maskanlaridagi qamrov darajasi 80 foizga yetkazildi;

— 6,8 mingta qoʻshimcha mobil tayanch stansiyalarining ishga tushirilishi orqali mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga, yuqori tezlikdagi mobil Internet qamrovi 98 foizga yetkazildi, shuningdek, avval mobil aloqadan foydalanish imkoniyati boʻlmagan 43 ta aholi yashash maskanida undan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aholining ogʻirini yengil qilish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron xizmatlar soni 1,2 barobarga, uning mobil ilovasida esa 1,5 barobarga oshirilishi evaziga yil boshidan xizmatlardan jami 11.5 mln marotaba foydalanishga erishildi.

Mamlakatning jahon miqyosida obroʻsini yuksaltirish, mavqeyini mustahkamlash va shaffoflikni taʼminlash uchun xalqaro reytinglarning oʻrni muhim.

2022-yilgi xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning raqamlashtirish boʻyicha oʻrni sezilarli darajada koʻtarildi.

Xususan, Jahon bankining «GovTech Enablers» indeksiga muvofiq, raqamli koʻnikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar boʻyicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pogʻona yuqoriladi. «GovTech Maturity Index» natijalariga koʻra, hukumat va davlat xizmatlari sektori boʻyicha esa 37 pogʻona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta oʻtkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) joriy yilgi natijasida Oʻzbekiston bir yoʻla 18 pogʻona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

«Oxford Insights» tomonidan oʻtkazilgan “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi” («Government Artificial Intelligence Rea dines Index») tahlilida 2022-yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pogʻona yuqoriladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning «Oxford Insights» tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksi”da («Government Artificial Intelligence Rea dines Index») koʻrsatilgan statistika boʻyicha Oʻzbekiston 160 ta davlat ichida 2019-yilda 158-oʻrinni, 2020-yilda 95-oʻrinni, 2021-yilda 93-oʻrin va 2022-yilda 79-oʻrinni (oʻsish +14) egallagan.

«Open data Inception»ning 2022-yilgi tahliliga koʻra, dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida ochiq maʼlumotlar manbalari va ular soni boʻyicha Oʻzbekiston 124 ta ochiq maʼlumotlar manbalari bilan 4-oʻrinni egallagan (1-oʻrin AQSH – 641 ta manba, 2-oʻrin Fransiya – 381 ta manba, 3-oʻrin Ispaniya – 307 ta manba). 2021-yilda mazkur koʻrsatkichda respublikamiz 99 ta manba bilan 5-oʻrinni egallagan.

Buyuk Britaniyaning xalqaro nufuzli Cable.co tashkiloti tomonidan 233 ta davlat orasida Oʻzbekiston Respublikasi mobil internet narxi eng past boʻlgan davlatlar qatoriga kiritildi. Mazkur reytingda mamlakatimiz 21 oʻrindan (2021-yil 1-yarim yillikda) 15 oʻringa (2022-yil 1 yarim yillikda) koʻtarildi. Bunda davlatimiz Qozogʻiston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarini ortda qoldirdi.

Shuningdek, The Economist Intelligence Unit tomonidan har yil eʼlon qilinadigan «Inclusive Internet» indeksida respublikamiz oʻtgan yilga nisbatan 5 pogʻona koʻtarilib (2021-yilda 66-oʻrin) 2022-yilda 61-oʻrinni egalladi.

Ookla tomonidan davlatlarning mobil va simli internet tezligini tahlil qiluvchi SpeedTest Global Index eʼlon qilinib, ushbu indeksda Respublikamiz 2021-yil yakunida mobil internet tezligi boʻyicha dunyo davlatlari orasida 128-oʻrinni hamda simli internet tezligi boʻyicha 94-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2022-yil oktabr oyi yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichlarimiz 116-oʻringa (mobil internet tezligi) va 88-oʻringa (simli internet tezligi) koʻtarildi.

Joriy yildagi IT eksportidagi koʻzlangan marra qoʻlga kiritildi. Sohani tahlil qilsak, IT Park rezidentlari tomonidan amalga oshirilgan eksport 3,5 barobarga, mahalliy bozorga koʻrsatilgan xizmatlar 2,5 barobar oʻsdi.

Oʻzbekistonda IT infratuzilmasi yaxshilanishi, xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan qulay muhit natijasida 2021-yilda faoliyat olib borayotgan 23 ta xorijiy IT kompaniyalar soni joriy yilda 157 taga oshdi.

Joriy yil yakuni boʻyicha IT Park rezidentlari 1037 tani tashkil qildi. Ulardan 306 tasi eksportyor, 164 tasi dasturchi, 142 tasi BPO, 191 tasi taʼlim va 150 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar. Tahlil qilsak, yil boshiga nisbatan 7% oʻsish degani. Ular uchun qator imtiyozlar berilgan. Xususan, ijtimoiy soliqdan ozod qilinishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining 7,5% stavkada belgilanishi, qolaversa, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan dasturiy taʼminot vositalarini olib kirishdagi bojxona toʻlovlari undirilmasligi bunday kompaniyalar sonini koʻpaytirmasdan qolmaydi.

Tarmoqni rivojlantirishdagi yana bir muhim yoʻnalish – bu xalqaro hamkorlik. Bu borada xorijning nufuzli tashkilotlari bilan yaqin aloqa olib borilmoqda va ular oʻz sarmoyalarini Oʻzbekistonga yoʻnaltirmoqda. Xususan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini qoʻllab quvvatlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining 121 ming AQSH dollari miqdoridagi granti, ochiq maʼlumotlar sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv materiallarini yaratish va yoshlarni oʻqitish boʻyicha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining 145 ming dollarlik granti shular jumlasidan. Jahon banki tomonidan ajratilgan 1 mlrd dollar ham mamlakatimiz IT sohasining rivojlanishiga katta impuls beradi.

Koʻplab imtiyozlarni oʻzida jamlagan “Bir million oʻzbek dasturchi” loyihasi doirasida 2,5 milliondan ortiq yosh roʻyxatdan oʻtib shu sohaga qiziqish bildirdi. 1 million 700 mingdan ortiq yosh bitiruv sertifikatiga ega boʻldi.

Joriy yilda Samarqandda oʻtkazilgan xalqaro IT forumi ham Oʻzbekiston IT tarmogʻi uchun samarali kechdi. «RevoTech» va AQSHning «Effika Corp» kompaniyasi oʻrtasida imzolangan 20 million dollarlik memorandum, 150 mln dollaridan ortiq mablagʻlik «Toyota Tsusho Corporation» bilan imzolangan shartnoma, qolaversa, «KOIIA» tashkiloti Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga 1,65 million dollarlik sertifikat taqdim etgani tarmoq uchun katta potensialga ega. Xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar Oʻzbekistonning IT xabga aylanishdagi harakatlarini qoʻllab-quvvatlamoqda.

ITʻda yana bir istiqbolli yoʻnalish – bu frilanserlik. Axborot texnologiyalari kundan kunga rivojlanib, “frilanserlar”ga boʻlgan talab ham tobora ortib bormoqda. Joriy yilda frilanserlar orqali amalga oshirilgan eksport hajmi qariyb 11 mln dollarni tashkil qildi. Mazkur sohada yuqori daromadga ega boʻlish bilan birga, koʻplab yoshlar oʻzini oʻzi ish bilan taʼminlamoqda. Buni raqamlarda koʻrsak, AKT sohasida oʻzini oʻzi band qilganlar soni 70 mingdan ortdi.

“ITwomen.Uz” loyihasi doirasida 205 ta IT markazda 4 532 nafar xotin-qiz oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi. USAID bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tumaris.Tech” loyihasidan roʻyxatdan oʻtganlar 4 000 dan oshdi. 200 dan ziyod xotin-qizlarga tahsil olish imkoniyati yaratildi. 33 nafari esa dasturni muvaffaqiyatli tamomladi. Yana bir muhim loyiha – bu «Skil4girls». UNISEF bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur loyiha qizlarni va turli nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni shu sohaga qiziqtirish va jalb qilishda samarali mexanizm boʻldi.

Mamlakatimizni mintaqaviy IT markazga aylantirish borasida:

24-27 oktabr kunlari Samarqand shahri «Silk Road Samarkand» majmuasida «ICTWEEK Uzbekistan - 2022» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi oʻtkazildi.

Uning doirasida 22 ta xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtib, 15 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar oʻrtasida 200 mln. AQSH dollaridan ortiq qiymatdagi bitim va shartnomalar imzolandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 12:04
 
56
0
xs.uz

Moʻjiza yaratayotgan mohir qoʻllar

Kasanachilikning afzal tomoni, ishlash uchun uydan chiqish shart emas. Buyurtmachi xom ashyo bilan kafolatli taʼminlaydi. Tayyorlab berilgan mahsulot savdosini ham amalga oshiradi. Biz bilan hamkorlik qilgan tadbirkorlarning uyda tikib berayotgan soʻzana va boshqa kashtachilik buyumlari Qozogʻiston, Turkiya, AQSH, Xitoy davlatlarigacha yetib bormoqda. Oʻtgan yili 200 ming dollardan koʻproq qiymatdagi mahsulotimiz eksportga chiqdi.Kashtachilik, gilam toʻqish ham bir sanʼat. Masalan, bir do

15 Jul 12:03
 
55
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari

10 Jul 20:07
 
65
0
qalampir.uz

Xalqaro narkotik oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi to‘da ushlandi

Qirg‘izistonda Tojikistondan giyohvand moddalarni yetkazib berish kanalini tashkil qilgan xalqaro jinoiy narkotik to‘dasi zararsizlantirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘sh viloyatining yakka tartibdagi fuqarolari orasidan Tojikiston – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro narkotik kanalini tashkil etgan va ushbu viloyat aholisi o‘rtasida giyohvand moddalarni tarqatis

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq