calendar 05 Dec 12:32
eye 231
comments 0
comments Manba: qalampir

Samarqandda ikki fuqaro o'rtasidagi janjal o'lim bilan tugadi

image
image

Samarqand viloyatidagi kafelardan birining oldida 2 nafar fuqaro o'rtasida janjal sodir bo'lgan. Oqibatda ularning biri vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 29 noyabr kuni soat tungi 1:30 da Nurobod tumanida joylashgan kafe yonida oldindan tanish bo'lgan M.X. va X.Sh. mast holatda o'zaro tortishib qolgan. Fuqaro X.Sh. M.X. ni urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Shifokorlar tomonidan ko'rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan tan jarohati oqibatida fuqaro M.X. vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov hujjatlari viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituviga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
143
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyevning “Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatimizda sportni rivojlantirish va keng ommalashtirish, xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga qoʻshgan katta hissasi, futbol boʻyicha Osiyoning eng kuchli jamoalari oʻrtasidagi saralash musobaqalarida chinakam jasorat va matonat fazilatlarini, yuksak professionalizm va azmu shijoat namunasini koʻrsatib, ulkan gʻalabaga erishgani ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritgani,

15 Jun 10:46
 
27
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz

18 Jun 21:55
 
19
0
xs.uz

“Qoʻyliq” bozorida Qizil kitobga kiritilgan ilonlar noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

Reyd davomida 'Qoʻyliq' bozori hududida Qizil kitobga kiritilgan 5 ta sharq boʻgʻma iloni noqonuniy sotilayotganligi maʼlum boʻldi. Ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirilgan.Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari, yaʼni 3 million 750 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.Shuningdek, reyd davomida noqonuniy sotilayotgan boshqa hayvon va qushlar ham aniqlan