calendar 25 Nov 08:31
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir

Prezidentning ikkita maslahatchisi lavozimi birlashtirildi

image
image

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu yangi lavozim avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali tashkil etilgan. Bu haqda O'zA yozmoqda. 

Bunda Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatchi edi) hamda Prezidentning davlat xizmati masalalari bo'yicha maslahatchisi (bungacha vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.

Farmonda bundan maqsad davlat va fuqarolar o'rtasida hamkorlikni yangi tizimini tashkil etish, davlat organlarida murojaatlarini ko'rib chiqishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va joylarda muammolar hal etilishi ustidan taʻsirchan nazoratni o'rnatish ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, so'nggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati yetarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yo'l qo'yib, asosan sansalorlik bilan shug'ullanayotgani aholining haqli eʻtirozlarini keltirib chiqarayotgani sababli Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlariga taʻsirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari bo'yicha qonunbuzilishlar yuzasidan maʻmuriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.

Hududlar bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish va joylardagi vaziyatdan kelib chiqib, tezkor choralar ko'rib borish maqsadida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi tashkil etilayotgan Administratsiya rahbari yordamchilari muvofiqlashtirib boradi va ular bevosita hududlarda o'z faoliyatini amalga oshiradi. Bunda Administratsiya rahbari yordamchilari shtatlari mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi.

Eslatib o'tamiz, Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan G'ofurjon G'aniyevich Mirzayev kecha, 24 noyabr kuni Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
46
0
xs.uz

Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi

12 Apr 21:14
 
29
0
xs.uz

Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi

Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti

23 Mar 16:44
 
79
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi 'Buyuk ipak yoʻli' xalqaro turizm markaziga tashrif buyurib, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.Soʻnggi yillarda eng zamonaviy standartlarga mos infratuzilma yaratilgani tufayli Samarqand shahri xalqaro miqyosdagi yirik tadbirlar ' oliy va yuqori darajadagi sammitlar, konferensiya va kongresslarning anʼanaviy mezboniga aylandi.2022-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Buyuk ipak yoʻli' majmuasi bun

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg