calendar 24 Nov 13:32
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda ayolni o'g'irlab ketgan shaxslar kimligi maʻlum bo'ldi

image
image

Avvalroq "Sukut saqlama" loyihasining Telegram kanalida 2 nafar erkak ko'chada bir qizni kuch ishlatib, o'g'irlab ketgani aks etgan video eʻlon qilingandi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʻlumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu voqea bugun, 24 noyabr kuni Uchtepa tumani, 22-mavzedagi ko'p qavatli uylar oldida sodir bo'lgan. 1992 yilda tug'ilgan D.Sh. otasi X.M. bilan birga Tracker avtomashinasiga turmush o'rtog'i – 2000 yilda tug'ilgan M.A.ni o'tkazib, nomaʻlum tomonga olib ketgan.

Surishtiruvlarga ko'ra, M.A. qonuniy turmush o'rtog'i bilan oilaviy kelishmovchiligi sababli 1 nafar farzandini turmush o'rtog'iga qoldirib, uydan chiqib, Toshkent shahriga ketib qolgan. Uni turmush o'rtog'i D.Sh. qidirib, yuqoridagi manzildan topgan. 

Shundan so'ng, uni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi o'zining uyiga olib borgan.

Hozirda M.A. oila davrasida sog'-salomat ekani aniqlangan. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda. 

IIBBga ko'ra, M.A. va uning oilasi bilan xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlari hamda psixologlar ishlamoqda. Tekshiruv yakuni bo'yicha aybdor shaxslarga qonuniy qaror qabul qilinishi taʻminlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
312
0
xs.uz

Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b

21 Apr 08:34
 
311
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev ayrim rahbarlar tadbirkorlarga toʻsiq boʻlayotganini tanqid qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning mamlakatimiz soha va tarmoqlariga taʼsirini yumshatish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida global iqtisodiy holatga toʻxtalib oʻtildi.'Takror va takror aytaman ' 'hozirgi dunyodagi vaziyat bizga taʼsir qilmaydi' deganlar juda katta xato qiladi. Bunday sharoitda faqat oʻz kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil-dadil qadam tashlashimiz kerak', dedi davlatimiz r

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo

21 Apr 08:33
 
19
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa