Toshkentdagi onkologiya markaziga yangi zamonaviy bino qurilmoqda


Foto: Illustrativ foto
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Shifokorlar koʻchasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi birlashgan kompleksi barpo etilmoqda. Ushbu bilan Markaz hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi.
Yangi kompleks tarkibiga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Toshkent sh. Farobiy koʻchasi, 383-uy), markazning poytaxt filiali (Toshkent sh. Bogʻiston koʻchasi, 1/71-uy) hamda markazning Toshkent viloyati filiali (Toshkent sh. Taxtapul darvoza koʻchasi, 341-uy) kiradi.
Shunga koʻra, tegishli hukumat qaroriga muvofiq, shifoxonalarning mavjud bino inshootlari hududi bilan Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (Lot 3707620), uning Toshkent viloyat (Lot 3707622) va Toshkent shahar filiallari (Lot 3707621) tomonidan yangi kompleksni qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron-onlayn auksionga qoʻyilgan.
Bu toʻgʻrisida “E-auksion” elektron savdo platformasida lotning “muhim maʼlumotlar” qismida keltirilgan.
Ushbu tajriba Geologiya fanlari universiteti (Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi hamda Davlat geologiya muzeyini bir joyga birlashtirgan) hamda Davlat geologiya qoʻmitasi maʼmuriy binosini qurishda samarali qoʻllanilgan.
Maʼlumot uchun:
Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy maʼlumotiga koʻra, Yangi kompleks 2023-yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Yangi kompleks ishga tushganidan soʻng ikki oy davomida muassasalardagi bemorlar va zarur uskunalarni koʻchirish ishlari olib boriladi. Sotuv auksionida gʻolib boʻlgan tadbirkorga yangi kompleksga koʻchish ishlari toʻliq amalga oshmaguncha ikki oygacha bu yerda hech qanday ishlarni boshlamasligi majburiyati yuklanadi.
Yangi kompleksda 17 ta yangi klinik boʻlim faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Jumladan, mamlakatimizda ilk bor suyak koʻmigi transplantatsiyasi boʻlimi ochiladi.
Markazda 16 ta reanimatsion va operatsion xonalar eng soʻnggi texnologiyalar bilan taʼminlanadi. Intensiv terapiya boʻlimi yurak monitorlari, oʻpkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqalar bilan jihozlangan konsolli funksional yotoqlarga ega boʻladi.
Turli tibbiyot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan 5 ta onkologiya kafedrasi birlashib, yagona metodik markazga aylanadi. Ilk bor yadro tibbiyoti kafedrasi tashkil etiladi.
Kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida toʻxtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning oʻrnini toʻldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi taʼminlanadi.
Boshqaruv jarayoniga turk va koreys mutaxassislari tavsiyalari va tajribasi asosida zamonaviy menejment tizimi joriy etiladi. Muassasa ishga tushganga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi hamda ushbu kompleksni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash maqsadida 80 million AQSH dollari ajratilgan.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi
Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be
Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta
“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi
'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da