calendar 20 Nov 13:31
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir

Frantsiya Ukrainaga Crotale havo mudofaa tizimlarini topshirdi

image
image

Frantsiya Ukraina Qurolli kuchlariga Crotale zenit-raketa komplekslarini topshirdi. Bu haqda "Strana" nashri o'zining Telegram kanalida maʻlum qildi.

Nashrning yozishicha, Frantsiya Qurolli kuchlari vaziri Sebastyan Lekornyu  "Le Journal du Dimanчe" nashriga bergan intervyusida Crotale havo hujumidan mudofaa tizimini Ukrainaga topshirilishini maʻlum qilgan.

Lekornyu intervyusida Parij allaqachon Kiyevga 18 ta "Caesar" o'ziyurar artilleriya moslamalarini, shuningdek Milan va Mistral raketalarini, 60 ga yaqin VAB zirhli transport vositalarini, HDP-2A2 tankka qarshi minalarni, yadroviy holatda himoya vositalari, biologik yoki kimyoviy tahdidlarga qarshi qurollar, so'nggi tungi ko'rish asboblari topshirganini maʻlum qilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, Ukraina Qurolli kuchlarining radar stantsiyalari uchun so'rovi hali ham ko'rib chiqilmoqda.

Crotale — bu o'rta, past va o'ta past balandliklar oralig'idagi havo nishonlariga qarshi kurashish uchun mo'ljallangan qisqa masofali barcha ob-havoga mo'ljallangan zenit-raketa tizimi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
72
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

18 Apr 11:08
 
37
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

22 Mar 08:54
 
59
0
xs.uz

Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi

Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i

15 Apr 07:06
 
47
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari