calendar 14 Nov 04:31
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir

AQSh va Frantsiya Turkiyadagi teraktga munosabat bildirdi

image
image

Oq uy, Evropa komissiyasi va Frantsiya Prezidenti kecha, 13 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida sodir etilgan portlashni qoraladi, qurbonlarning oila aʻzolariga hamdardlik bildirdi. 

"Amerika Qo'shma Shtatlari bugun Istanbulda sodir bo'lgan zo'ravonlik harakatini keskin qoralaydi. Aylimiz jabrlanganlar bilandir, shuningdek, yaqinlarini yo'qotganlarga chuqur hamdardlik bildiramiz", deb yozdi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer o'z yozma bayonotida. 

Shuningdek, hujjatda, AQSh terrorizmga qarshi kurashda NATOdagi ittifoqdoshi Turkiya bilan yelkama-yelka turishi aytilgan. 

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron ham Istanbul markazidagi teraktda insonlarning halok bo'lgani munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.  

"2015 yilning 13 noyabrida Frantsiyada sodir etilgan terakt qurbonlarini xotirlaganimizda, millatimiz uchun ramziy maʻnoga ega bo'lgan ushbu ramziy kunda turk xalqi Istanbuldagi hujumdan sarosimada. Biz turk xalqining dardiga sherikmiz va ularni terrorizmga qarshi kurashda qo'llab-quvvatlaymiz", deb yozdi Frantsiya rahbari o'zining Twitter’dagi sahifasida.  

Evropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen esa portlashda halok bo'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.  

"Kecha Istanbulda shafqatsiz hujumdan so'ng qurbon bo'lganlar uchun Turkiya va turk xalqiga chuqur hamdardligimni bildiraman. Mening fikrim qurbonlarning oila aʻzolari bilan", deydi Evrokomissiya rahbari. 

Eslatib o'tamiz, kecha, 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo'g'li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko'chasida kuchli portlash sodir bo'ldi. Rasmiy maʻlumotlarga ko'ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo'lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an avvalroq voqeada terror izi borligini aytgan edi. Keyinroq respublika vitse-prezidenti Fuat O'ktay portlovchi qurilmani ayol kishi ishga tushirganini aytdi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
84
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

15 Apr 07:06
 
44
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p