Oʻzbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri tor doirada uchrashuv oʻtkazdilar


Foto: president.uz
Budapeshtdagi «Karmelita» saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama muzokara oʻtkazdilar.
Suhbatda Oʻzbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston Prezidenti doʻst Vengriya yetakchisiga tashrif davomida koʻrsatilgan samimiy qabul va iliq mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik jadal rivojlanib, izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Viktor Orbanning 2021-yil martda yurtimizga rasmiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston-Vengriya munosabatlarida yangi sahifa ochgani hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori bosqichga koʻtargani alohida taʼkidlandi.
Turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, samarali siyosiy muloqot va parlamentlararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi, savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat kooperatsiyasi orqali amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maʼnoda, ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini toʻldirib turishi, rivojlanish strategiyalari diversifikatsiya va industriallashuvga qaratilgani bilan bir-biriga oʻxshashligi qayd etildi.
Keyingi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash qariyb 3 barobar oshgani, uni yanada koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlar va omillar mavjudligi taʼkidlandi. Oʻzbekiston Yevroittifoqning “GSP+” aʼzosi maqomiga ega ekani ham bunga xizmat qiladi.
Tomonlar oʻzaro imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma quvvatlar yaratish va shu orqali MDH, Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishga intiladi.
Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport hamda ilmiy tadqiqotlar hamkorlik uchun istiqbolli yoʻnalishlar sifatida qayd etildi.
Ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar. Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan BMT, YEXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqalar doirasidagi hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Vengriya Bosh vaziri joriy yilning noyabr oyida Samarqandda oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etishini tasdiqladi.
Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Italiya Prezidenti bosh kotibiyatining 'Gazzetta Ufficiale''hukumat gazetasi rasmiy saytida'eʼlon qilingan'roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.Aytish joiz, 'Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun' (Ordine al Merito della Repubblica Italiana) ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat soh
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi — Prezident
Qayd etilishicha, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha xorijiy ekspertlar bilan katta dastur ishlab chiqildi. Bunga 2025-yilda barcha manbalar hisobidan 10 milliard dollar ajratiladi.'Bu yil kichik va oʻrta biznesga 120 trillion soʻm resurs beriladi. Buncha katta mablagʻ ilgari hech qachon boʻlmagan', dedi davlatimiz rahbari.Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 22 trillion soʻmlik imtiyozli resurs ajratiladi. Shundan 2,5 trillion soʻm yoshlarga, yana shunchasi ay
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19