calendar 04 Oct 08:31
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir

Kanada Mahsa Amini vafoti sabab Eronga sanktsiya kiritdi

image
image

Kanada joriy yilning 3 oktyabr kuni inson huquqlarining qo'pol buzilishiga javoban Eronning 25 jismoniy va to'qqiz yuridik shaxsiga nisbatan sanktsiya joriy etishini eʻlon qildi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Jolining Kanada hukumati saytida chop etilgan bayonotida aytiladi. 

"Kanada yangi sanktsiyalar kiritmoqda. Bu sanktsiyalar Eronda sodir etilgan inson huquqlarining qo'pol buzilishiga, jumladan, ayollarning muntazam ravishda taʻqib qilinishiga, xususan, Eron axloq politsiyasining qo'pol harakatlariga javobdir. Bu esa Mahsa Aminining o'limiga sabab bo'ldi", deyiladi xabarda. 

Qayd etilganidek, yangi choralar 25 jismoniy va to'qqiz yuridik shaxsga, xususan, Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (IIQK) qo'mondoni Husayn Salamiy, IIQKning "Al-Quds" maxsus kuchlari qo'mondoni Ismoil Kaaniga, Eron axloq politsiyasi va uning boshlig'i, Eron razvedka vaziri Sayyid Ismoil Xatib va u rahbarlik qilayotgan bo'limga taalluqli. 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto'g'ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so'ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo'ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda.Namoyishchilar ko'chalarni to'sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o't qo'ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini o'tgan hafta poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro'mol, qo'l va oyoqlarini keng kiyim bilan o'rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo'lga olinganidan uch kun o'tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko'ra, o'limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo'lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hyech qachon muammo bo'lmaganini daʻvo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. 

BMT Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo'shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o'limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanktsiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o'nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanktsiyalar joriy etishga qaror qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст