calendar 25 Sep 10:31
eye 146
comments 0
comments Manba: qalampir

Norin trendda. Birinchi xonim kuyovi bilan taom tayyorlayotgani surati kun tartibiga chiqdi 

image
image

O'zbekiston Resrublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva O'zbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva norin tayyorlayotgani aks etgan suratni eʻlon qildi. U suratni o'zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.

"Men uchun eng yaxshi dam olish kuni – bu oilam bilan bo'lgan vaqtim. Biz tez-tez uchrasha olmaymiz, lekin jadvallar va rejalar birlashganda, bu har doimo o'zgacha lahzalardir. Bu iliqlik haqida. Bugun biz norin pishirdik. Onam va men birga ovqat pishirishni yaxshi ko'ramiz, bugun esa oshxonada kengaytirilgan guruhdamiz! Bu jarayonda Raniya ham dadasiga yordam bermoqda. Menimcha, ko'proq halaqit berayotganga o'xshaydi. Lekin men aralashmayman", deydi Prezidentning qizi.

Suratda Ziroat Mirziyoyevaga uning kuyovi Otabek Umarov yordam berayotgani aks etgan.

"Uy va shinamlik ifori bilan to'lgan milliy taomlarimiz - har doim eng yaqinlarimiz bilan baham ko'rgan iliq oqshomlarimiz bilan bog'liq", deydi kenja Mirziyoyeva.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu surat trendga chiqdi, norin asosiy mavzuga aylandi. Bundan oldindan ham Prezident Mirziyoyevning qizlari dadasi o'choqda osh pishirayotgani va onasi kulchatoy tayyorlayotgani aks etgan suratlarni tarmoqqa joylashtirgan.

Farangiz Salimova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
38
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik.Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasi ogʻir judolikka uchradi. Taniqli fermer, 'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligining raisi, jamoat arbobi, Oʻzbekiston QahramoniAzim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda 74 yoshida vafot etdi.A.Latipov 1951-yil 5-iyunda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni, keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumini tugatgach,

08 Jun 02:26
 
142
0
xs.uz

Senat Raisi boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyati mahallalaridagi ijtimoiy masalalarni oʻrgandi

2025-yil 4-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy holat va aholi turmush darajasi, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.Ishchi guruh aʼzolari Konimex tumanidagi 'Navroʻz' mahallasini oʻrganish jarayonida mahallada 'mahalla yettiligi' tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, ayollar bandligini taʼminla

13 May 14:37
 
140
0
xs.uz

Buxorodagi “chigirtkalar bosqini” yuzasidan mahtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlumot berildi

Buxoro viloyatining ayrim hududlariga minglab chigirtkalar yopirilgani toʻgʻrisidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan FVV matbuot xizmati maʼlumot berdi.Unga koʻra, viloyat hududida zararli chigirtkalar tarqalganligi boʻyicha viloyat FVBga xabar kelib tushgan.Shunga asosan, viloyat FVB, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar voqea joyiga yetib borib, hududlarda 15 ta maxsus texnika yordamida kimyoviy ishlov berish amaliyoti bajarilgan.

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin