calendar 24 Sep 18:31
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbeklar urush olovini yoqqan Rossiyadan qayta oladimi?

image

Turmush o'rtog'ini ishlash uchun uzoq davlatga kuzatgan ayol farzandlari uchun ham ota, ham ona bo'ladi. Ona bo'lib shirin gapirishga, ota bo'lib tanbeh berishga, uy ro'zg'or g'amini o'z yelkasiga olishga mahkum bo'ladi. Kamlik qilgandek uzoqdagi turmush o'rtog'ini issiq-sovug'i haqida ham ayol qayg'uradi. U ketgan mamlakat tinch bo'lsak-u mayli, notinchliklar bo'layotgan yurtda bo'lsa, dard ustiga chipqon deyavering.

Rossiya-Ukraina o'rtasidagi urush oila aʻzolari ayni shu mamlakatda bo'lganlarni xavotirga soldi. 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin mamlakatda qisman harbiy safarbarlik to'g'risidagi farmonni imzolagani, safarbarlik tadbirlariga start berilgandan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarni pul evaziga urushga yollash boshlangani haqidagi xabarlar tarqalgani esa bu xavotirlarni yanada oshirdi.

Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo'yicha kengash aʻzosi Kiril Kabanov Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilish uchun takliflar tayyorlanayotganini maʻlum qildi. Unga ko'ra, taklif Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan ko'chib o'tgan fuqarolarga taalluqli bo'ladi va harbiy xizmatdan bosh tortganlarning o'zi ham, oila aʻzolari ham fuqarolikdan chiqariladi.

Rossiya IIV maʻlumotlarda keltirilishicha, so'nggi 10 yil ichida Rossiya pasportini olgan chet elliklar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar soni yildan-yilga oshmoqda. Birgina 2021 yilning o'zida "yangi ruslar" soni 12 foizga o'sib, 735,4 ming kishini tashkil etgan.

Rossiya fuqaroligini olganlarning aksariyati Ukrainada tug'ilganlar. Umumiy 376 ming ukrainalik Rossiya fuqaroligini olgan. Tojikistondan 14,1 foiz yoki 103,7 ming, Qirg'izistondan 2,6 foiz yoki 19,2 ming, Qozog'istondan 6,8 foiz yoki 49,9 ming kishi, O'zbekistondan 4,3 foiz yoki 31,9 ming kishi 2021 yilda Rossiya fuqaroligiga o'tgan.

Fuqarolikka ega bo'lganlarning orasida Ozarbayjon, Belarus, Moldova, Armaniston fuqarolari ham bor. Shuningdek, 481 nafar Germaniya, 388 nafar aqsh, 226 nafar Italiya, 183 nafar Gretsiya va boshqa bir qator mamlakatlar fuqarolari Rossiya pasportiga ega bo'lishgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining keltirgan maʻlumotlariga ko'ra, 2022 yil 1 mart holatiga ko'ra xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlarining o'rtacha soni 2,4 mln yanada aniqroq aytadigan bo'lsak 2.356.954 kishini tashkil etgan. Ularning 568,5 mingi yoki 24,1 foizi xotin-qizlar, 827,1 ming yoki 35,1 foizi yoshlarni tashkil etadi.

Ularning 1,5 millioni Rossiya Federatsiyasida mehnat qiladi. Vatandoshlarimizning 52,7 foizi qurilish, 16,4 foizi savdo va xizmat ko'rsatish, 12,8 foizi sanoat, 10 foizi qishloq xo'jaligida, 8,1 foizi boshqa sohalarda mehnat qilmoqda.

Safarbarlik tadbirlariga start berilgandan so'ng, ijtimoiy tarmoqlarda migrantlarni pul evaziga urushga yollash boshlangani haqidagi xabarlar ham tarqaldi. Bu esa, yaqinlari Rossiya hududida bo'lgan o'zbekistonliklarni xavotirga tushirib qo'ydi. QALAMPIR.UZ bu maʻlumotlarga oydinlik kiritish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot kotibi Ortiqxo'ja Norov bilan bog'landi.

"2022 yil boshidan buyon 18 ming fuqaro rasman Rossiyaga mehnat migranti sifatida ketgan. Hozirgacha, yoki Rossiyada harbiy safarbarlik eʻlon qilingani sababli O'zbekistonga qaytish istagini bildirib, yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishga chaqiriq bo'lganini aytib, murojaat qilganlar yo'q", deydi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiysi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinchi qismiga ko'ra yollanish, yaʻni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hyech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni ko'zlab, o'zga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli to'qnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi besh yildan o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 154moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga kirishi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab bo'ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar