calendar 24 Sep 13:31
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir

Qodirov istalgan G'arb armiyasini yengish yo'lini aytdi

image
image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov huquq-tartibot idoralari xodimlarining yarmini "maxsus harbiy operatsiya"da qatnashish uchun safarbar qilishni taklif qildi. Bu haqda u o'zining Telegram-kanalida yozgan.

Qodirovga ko'ra, mamlakatda huquq-tartibot idoralari xodimlarining umumiy soni 5 millionga yaqin.

"Agar biz zaxiradagilarni tenglamadan chiqarib tashlasak ham, bizda yaxshi jismoniy tayyorgarlik va qurol-yarog'dan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lgan juda ko'p xodimlar mavjud: Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Federal sud ijrosi xizmati, Federal xavfsizlik xizmati, Federal qo'riqlash xizmati, Tashqi razvedka xizmati, Federal jazoni ijro etish xizmati, Federalbojxona xizmati, prokuratura, Tergov qo'mitasi. Huquqni muhofaza qilish va harbiy bo'limlar bilan birgalikda bu sport meʻyorlarini muntazam ravishda topshiradigan 5 millionga yaqin kishi. Agar siz xodimlarning 50 foizini ofisda qoldirsangiz, ularning ikkinchi yarmi 2,5 million kishi miqdorida har qanday G'arb armiyasini yo'q qiladi. Zaxira esa kerak bo'lmaydi", deb yozgan Qodirov.

Uning fikricha, ushbu bo'limlar rahbarlari allaqachon ish jarayonini optimallashtirishni boshlashlari mumkin edi.

"Rossiya ulkan davlat va unda juda ko'p resurslar borki, NATO va G'arb hisoblashdan charchaydi, harbiy resurslar esa tasavvur qilgandan ham ko'p", deya qo'shimcha qildi mintaqa rahbari.

Eslatib o'tamiz, 21 sentyabr kuni Prezident Vladimir Putin Rossiyada qisman safarbarlik to'g'risidagi farmonni imzoladi, unga ko'ra birinchi bosqichda 300 ming Rossiya fuqarosi frontga yuboriladi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o'zini mustaqil deb eʻlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini taʻkidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSh, EI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanktsiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini eʻlon qildi va rus qo'shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so'rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga "na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas"ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko'p o'tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʻlon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʻlon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo'shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og'ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o'tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo'qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Evropa davlatlari va AQSh Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, "Rossiya" banki, "Otkritiya", "Novikombank", "Promsvyazbank", "Sovkombank" va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSh va Evropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Evropa davlatlari, AQSh, Kanada Rossiya uchun o'z havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveytsariya ham qo'shildi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
42
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari

17 May 21:47
 
53
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

01 Jul 04:28
 
17
0
xs.uz

Tanzaniyada ikki avtobus toʻqnashuvi oqibatida 38 kishi qurbon boʻldi

Uning soʻzlariga koʻra, YTH 28-iyun kuni kechqurun Kilimanjaro viloyatiga qarashli Moshi shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisada avtobuslardan birining shinasi yorilib ketgan va haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtobus bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.Kilimanjaro viloyati komissari 'Xinhua' agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytishicha, halok boʻlganlar orasida bir oi

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

“Vaqti keldi” — Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu haqda AQSH senatori va cheklovlarni kuchaytirish tashabbusi muallifi Lindsi Grem xabar berdi.Gremning hozirda 84 qonun chiqaruvchi tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qonun loyihasi Ukrainani qoʻllab-quvvatlamaydigan va Rossiyadan tabiiy resurslarni sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik tarif joriy etishni nazarda tutadi. 'The Washington Post' gazeta