calendar 24 Sep 04:32
eye 34
comments 0
comments Manba: qalampir

O'zbekiston karate WKF federatsiyasiga yangi rais saylandi

image
image

O'zbekiston karate WKF federatsiyasining yangi raisi etib Rashid Azatovich Tolipov saylandi. Bu haqda federatsiyaning hisobot-saylov konferentsiyasida qaror qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sport vazirligi matbuot xizmati.

Rashid Tolipov bungacha Vazirlar Mahkamasining Taʻlim, sog'liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatida ishlab kelgan, bungacha esa sport sohasida turli lavozimlarda ishlagan.

Yig'ilishda so'zga chiqqan Rashid Tolipov bo'lajak yirik musobaqalar, jumladan, joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatini tashkil etishda barchani birlashishga chaqirdi.

Shuningdek, yig'ilish davomida federatsiya rahbariyati va Ijroiya qo'mitasini qayta tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.

Shu paytgacha federatsiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alam Mullayev, shuningdek, Baxtiyor Nigmatullayev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Djiyemurotov, Ilhom Mamadaliyev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o'rinbosari, bungacha federatsiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Tashkentbayev federatsiya Bosh kotibi etib saylandi.

Shuningdek, tadbir davomida Ijroiya qo'mitasi aʻzolari ham shakllantirilib, tashkilotning yangi tahrirdagi nizomi tasdiqlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
13
0
xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi

09 Oct 12:40
 
12
0
xs.uz

Xorazmda umumtaʼlim maktablariga shaxmat taxtalari topshirildi

Odilbek Odamboyev/'Xalq soʻzi'. Yaqinda Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi 189 ta jamoa orasida 3-oʻrinni egalladi. Bu yurtimizda sportning shaxmat turiga, iqtidorli yosh shaxmatchilarni tarbiyalashga qaratilayotgan eʼtibor natijasidir. 'Aql gimnastikasi' deb taʼrif beriladigan ushbu sport turini rivojlantirish borasida Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Viloyatda mamlakatimiz Prezident

25 Sep 13:15
 
19
0
xs.uz

Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga “BYD Chazor” beriladi. Ular yana qancha pul mukofoti oladi?

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston erkaklar jamoasi aʼzolari 'Prezident sovgʻasi' sifatida 'BYD Chazor' rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olingan sportchilarimiz Olimpiadada munosib ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashgandi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH Oʻzbekiston termasidan faqatgina qoʻshimcha

20 Sep 00:23
 
28
0
xs.uz

“Budapesht – 2024”: Isroil taslim etildi. Keyingi raqibimiz Ukraina

Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda. Amaldagi chempion Oʻzbekiston terma jamoasi ham turnirdagi navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi.6-tur doirasida Oʻzbekiston erkaklar jamoasi Isroil termasini qabul qildi. Shaxmatchi qizlarimiz esa Niderlandiya shaxmatchilariga qarshi dona surdi.Javohir Sindorov birinchi boʻlib, bitta yurishli katta xatoga yoʻl qoʻydi va bahsda magʻlubiyatga uchradi. Shunga qaramasdan, jamoamiz iroda koʻrsatib, dastlab, Nodirbek Yakubbo