calendar 22 Sep 13:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

15 ming o'rinli Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi

image
image

Toshkent viloyatida 15 ming talabaga mo'ljallangan Nurafshon davlat universiteti tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 22 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasida aytib o'tdi.

Davlat rahbari ijtimoiy soha obʻyektlarini taʻmirlash bo'yicha loyiha hujjatlarini o'z vaqtida tayyorlash zarurligini taʻkidladi, taʻmirlash ishlari o'quv yili boshlanishidan o'tib ketmasligi haqida mutasaddilarni qattiq ogohlantirdi.

Olmaliq shahridagi 80-son maxsus maktab va Angren shahridagi 73-son maktab-internatni kelgusi yilda taʻmirlash vazifasi qo'yildi.

Xorijiy ekspertni jalb qilib, 15 ming talabaga mo'ljallangan Nurafshon davlat universiteti faoliyatini keyingi o'quv yilida yo'lga qo'yish topshirildi.

Sog'liqni saqlash vazirligiga yil yakuniga qadar 500 nafar og'ir bemorlarni respublika markazlarida sog'lomlashtirish choralarini ko'rish topshirildi.

Viloyat markazida barcha tibbiy xizmatlarni ko'rsatadigan yagona markaz yo'qligi qayd etilib, mutasaddilarga xorijiy loyihachilarni jalb qilib, kelgusi yildan Nurafshon ko'p tarmoqli tibbiyot markazi qurilish ishlarini boshlash vazifasi qo'yildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
477
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi

2025-yil 16-may kuni qabul qilingan 'Ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonunga (OʻRQ-1063-son) muvofiq, tadbirkorlik subyektlariga bir qator soliq imtiyozlari taqdim etildi. Ushbu oʻzgartirishlar pivo va tamaki mahsulotlari savdosi, parrandachilik sohasi hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga tegishli.Qonunga koʻra, endilikda pivo va pivo ichimliklari, shuningdek tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar bel

08 Jun 02:26
 
35
0
xs.uz

Ertadan Toshkent metrosining ikki bekati oraligʻidagi harakat vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent metropolitenining 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati 8-iyun kunidan vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida 'Toshshahartransxizmat' AJ axborot xizmati xabar berdi.Unda aytilishicha, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli, 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati shu yilning 8-iyun kunidan boshlab vaqtincha muddatga toʻxtatiladi.Shuningdek, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini

17 May 21:46
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na