calendar 15 Sep 09:32
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir

Pogba sabab uning akasi qamoqqa olindi

image
image

Frantsiya politsiyasi Italiyaning "Yuventus" klubi futbolchisi Pol Pogbaning akasi Matia Pogbani tovlamachilikda ayblab qo'lga oldi. Matia o'z ukasidan zo'ravonlik yo'li bilan pul undirishga harakat qilgan bo'lishi mumkin. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 14 sentyabr kuni Matia Pogba va yana uch nafar nomaʻlum shaxs Parij chekkasidagi Nantera politsiyasi tomonidan hibsga olingan.

Taʻkidlash kerakki, "Yuventus" futbolchisi uyushgan jinoiy guruh tomonidan tovlamachilik va tahdidlar qurboni bo'lganini maʻlum qilgandi. Pogba ushbu jinoiy guruh ichiga o'z akasi Matia Pogba ham kirishi mumkinligini aniq aytgan. Matia "shantaj" yo'li bilan Poldan 13 million yevro miqdorida pul undirmoqchi bo'lgan.

Yarim himoyachi shu yilning 16 iyul kuni Turin prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Avgust oyidagi dastlabki tergovlardan so'ng, Parij prokuraturasi Pogbaning akasi va hozircha shaxslari ochiqlanmagan jinoiy guruhning  boshqa aʻzolariga nisbatan qurolli to'da tomonidan shantaj qilish, odam o'g'irlash va jinoiy fitnada ishtirok etish kabi ayblovlarni ko'rib chiqishini maʻlum qildi.

Avvalroq, Pol Pogba o'z akasini tovlamachilikda ayblayotgani to'g'risida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.