calendar 06 Sep 04:31
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir

Aytamiz ham, qaytamiz ham. Qodirov lavozimida yana uzoq vaqt qolmoqchiligi maʻlum bo'ldi

image
image

Kuni kecha haydashmasidan o'zi isteʻfoga chiqishi kerakligini aytgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yaqin vaqtda mintaqa boshqaruvidan ketish niyatida emasligini aytdi.

Qodirovning so'zlariga ko'ra, mintaqa rahbari lavozimida uzoq qolish bo'yicha rekord 27 yil. Endilikda u mana shu rekordni yangilamoqchi.

"Endi men joriy rekordni yangilashga qaror qildim. Ko'ramiz, bu ko'rsatkichdano'ta olamanmi", deb yozdi u bugun, 6 sentyabr kuni Telegram-kanalida.

Qodirovning tushuntirishicha u "shunchaki keta olmaydi", chunki xalq unga mintaqa rahbarligini ishonib topshirgan.

"Men faqat xalq va Rossiya Prezidentidan so'rash orqali ketishim mumkin. Shuning uchun biz muddatsiz taʻtil haqidagi gapni kelajakka qoldiramiz", deya qo'shimcha qilgan Checheniston rahbari.

Eslatib o'tamiz, bugun, 3 sentyabr kuni Ramzan Qodirov lavozimida ko'p vaqt qolib ketganini, cheksiz va uzoq taʻtilga munosibligini aytib chiqdi.

Maʻlumot uchun, Ramzan Qodirov general-leytenant unvoniga ega. Joriy yilning 29 mart kuni Prezident Vladimir Putin uning harbiy unvonini oshirgandi.

Ramzan Qodirov 2007 yildan beri (15 yil) Chechenistonni boshqarib keladi va o'z lavozimini haqiqatan ham Rossiya boshqa viloyatlarining rahbarlaridan ko'ra ko'proq vaqt davomida saqlab qolmoqda. U 2021 yil sentyabrida yangi besh yillik muddatga qayta saylangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Mar 13:25
 
276
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

21 Apr 08:34
 
326
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran