“Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostidagi tinchlik marafoni oʻtkazildi


Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida “Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostida 5 km masofaga yugurish marafoni oʻtkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Marafonda Nukus shahrida joylashgan sport taʼlimi muassasalaridan 300 nafar sportchi yoshlar, oliy taʼlim muassasalaridan 250 nafar talaba yoshlar hamda Nukus shahridagi mahallalardan 200 nafarga yaqin, jami 700 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Eng yaxshi natija koʻrsatgan 6 nafar ishtirokchiga velosipedlar sovgʻa qilindi. 100 nafar yoshlarga sport formalari topshirildi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Ertaga tongda Shahram Gʻiyosov argentinalik bokschiga qarshi ringga koʻtariladi
Toshkent vaqti bilan, 13-aprel kuni tongda AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik-Siti shahrida professional boks oqshomi oʻtkaziladi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.Ahamiyatlisi shundaki, boks kechasi doirasida yarimoʻrta vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustasi, hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov argentinalik Franko Maksimiliano Okampoga qarshi ringga koʻtariladi.Bugun, 12-aprel tongida bokschilar tarozidan oʻtish marosimida ishtirok etishdi. 31 yoshli bokschimiz
Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi
Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue
Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas
Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.