calendar 04 Aug 17:20
eye 65
comments 0
comments Manba: xs

Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi

image

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-avgust kuni davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Aslida, bu soʻnggi yillarda amalga oshirib kelinayotgan maʼmuriy islohotlarning mantiqiy davomidir. Prezidentimizning xalqchil siyosati tufayli davlat xizmatchilari aholiga ancha yaqinlashdi. Xalqni eshitish, mablagʻlarni odamlar talabiga qarab yoʻnaltirish, “mahallabay” ishlash tizimlari yoʻlga qoʻyildi. Xodimlarga samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratildi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqida “navbatdagi muhim vazifa – markaziy idoralarni transformatsiya qilish orqali fuqarolarga xizmat qiladigan ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish” ekanini taʼkidlagan edi.

Hozirgi kunda bu sohada 118 ming kishi mehnat qilayapti. Lekin, natijadorlik boʻyicha aytganda, hali davlat xizmati xalqni rozi qiladigan tizimga aylangani yoʻq.

Misol uchun, oʻtgan yili Xalq qabulxonalariga vazirlik va hokimliklar xodimlarining bilimsizligi va masʼuliyatsizligi haqida 25 mingta, ularning muloqot madaniyati yetishmasligi bilan bogʻliq 7 mingta shikoyat kelib tushgan.

Qobiliyatni aniqlash, oʻqitish, ishni yaxshilashga oʻrgatadigan yaxlit tizim boʻlmagani uchun ayrim mutasaddilar vazifalarini eplay olmayapti. Umuman, rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yoʻlga qoʻyilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda.

Shu bois mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ikki yil davomida, chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun tayyorlandi.

Yigʻilishda ushbu qonunda nazarda tutilayotgan talablardan kelib chiqib, davlat idoralari oldida turgan ustuvor vazifalar koʻrsatib oʻtildi.

Avvalo, davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etilishi taʼkidlandi. Shu maqsadda yil yakunigacha barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi. Boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi. Nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati ochiq tanlov orqali aniqlanadi.

Bu tizim tajriba tariqasida, Samarqand viloyati va Davlat soliq qoʻmitasida sinovdan oʻtkazilgan. Yigʻilishda mazkur viloyat va qoʻmita mutasaddilari uning natijalari haqida aytib berdi. Har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliy oʻquv yurtlaridan boshlashi kerakligi qayd etildi.

Bu tajribani tizimli yoʻlga qoʻyish uchun Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi eʼlon qilinadigan boʻldi. Dastur doirasida bitiruvchi kurslarda oʻqiyotgan qobiliyatli talabalar saralanib, vazirlik va hokimlik tizimida stajirovka oʻtaydi va oʻqishni tamomlagach, ishga qabul qilinadi. Bunga xorijda oʻqiyotgan yoshlar ham qamrab olinadi.

Tahlillarga koʻra, vazirliklar markaziy apparatidagi rahbarlarning 40 foizi tuman pogʻonasini koʻrmagan, tuman miqyosidagi rahbarlarning 60 foizi esa viloyat yoki respublika idoralarida ishlamagan.

Shu bois Prezident davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni oʻstirishga alohida eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Buning uchun 1-noyabrdan boshlab, eski namunadagi maʼlumotnomadan voz kechilib, xodimning malakasi va erishgan natijalarini ilgʻor texnologiyalar asosida baholaydigan tizimga oʻtiladi. Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi.

Shuningdek, tuman va shahar darajasidagi rahbarlik uchun Salohiyatli kadrlar rezervi tuziladi, unga nomzodlar faqat mahallalardagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari orasidan tanlab olinadi. Kompetensiyasiga qarab, ular uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligiga “Vatandoshlar” jamgʻarmasi bilan birga “100 ta ilgʻor yetakchi” dasturini amalga oshirish vazifasi qoʻyildi. Bu dastur doirasida davlat xizmatchilari, faol tadbirkorlar, xorijdagi vatandoshlar orasidan salohiyatli yosh kadrlar tanlab olinadi.

Maʼlumki, mamlakatimizda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ustuvor etib belgilangan. Barcha sohalarda odamlarga qulaylik yaratish choralari koʻrilmoqda. Xususan, litsenziya olish, xizmatlarga buyurtma berish, turli idoralarga hujjat topshirish, toʻlov tizimlari ancha qulaylashdi.

Lekin, hali ham koʻp sohalarda qogʻozbozlik bor. Masalan, subsidiyalar uchun oʻrtacha 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olish kerak. Elektr tarmoqlariga ulanishda ham ortiqcha xarajat va byurokratiya koʻp. Tibbiyotda qaysi xizmat bepul yoki pulli boʻlishi, davlatdan beriladigan dorilarning hisob-kitobi va egasiga yetib borishi aniq bir tizimli emas. Qurilish, transport, kommunal xoʻjaligi, standart, karantin idoralarida ham aholi va tadbirkorlarning ishi bitishi qiyin boʻlgan jarayonlar juda koʻp.

Shu bois Bosh vazirga har bir vazirlik va hokimlikda xizmat koʻrsatish jarayonlarini tushunarli va qulay shaklga keltirish, ortiqcha xarajatlar va hujjatlarni qisqartirish boʻyicha koʻrsatma berildi.

– Bunda birdan bir mezon – odamlar roziligini olish, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugun xalqimiz elu yurt rivojiga befarq emas, mahalla ishlarida faol qatnashmoqda. Masalan, “Ochiq byudjet” portali orqali aholi tashabbuslari hayotga koʻchmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 2 mingdan ziyod ana shunday loyihalar boshlandi. Eng muhimi, odamlar ularga oʻzlarini daxldor bilib, qurilgan infratuzilmadan asrab-avaylab foydalanayapti.

Keyingi olti oyda bunday loyihalar uchun yana 1 trillion soʻm ajratilishi moʻljallangan. Shu bois mutasaddilarga aholi fikri asosida qilinadigan loyihalar koʻlamini kengaytirish boʻyicha topshiriq berildi.

Iqtisodiyotda xususiy sektor oʻsib borayotgani sari malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador boʻlishi kerak.

Shu bois Prezidentimiz davlat xizmatchilari faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishini taʼkidladi.

Xususan, kelgusi yildan xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab, ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi. Ularning hayoti va sogʻligʻi davlat hisobidan sugʻurta qilinadi. Oʻz vazifalarini halol va pok bajarayotgan davlat xizmatchilari uchun keksalikni munosib oʻtkazish kafolatlari yaratiladi.

Davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan. Oʻqitish sifati ham zamon talabi darajasida emas.

Shuning uchun xorijiy oʻquv markazlari bilan birga qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish muhimligi qayd etildi. Vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta koʻrib chiqib, oʻqitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilishda Bosh vazir va uning oʻrinbosarlari, tarmoq va hudud rahbarlari, xorijiy hamkorlarning fikrlari eshitildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
10
0
xs.uz

Fuqarodan yolgʻondan qarzdorlik uchun pul undirmoqchi boʻlgan xodim qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Fargʻona suv taʼminoti' AJ Margʻilon shahar filiali abonentlar boʻlimi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan qarzdorligi boʻlmasa-da, aholiga

17 May 21:46
 
33
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da

15 Jun 20:14
 
84
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

13 Jun 00:38
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekiston Irlandiyaga yangi elchi tayinladi

Oʻzbekistonning Irlandiyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ravshan Usmanov mazkur davlat Tashqi ishlar va savdo vazirligi Protokol departamenti boshligʻi Ralf Viktoriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Bildirilishicha, tadbir davomida Oʻzbekiston va Irlandiya oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.Shuningdek, savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida aloqalarni jadallashtirish