calendar 13 Jul 15:20
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

Nuriddinjon Ismoilov Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi

image

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

2022-yil 13-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Boqir Qolibof boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Eron Islom Respublikasi Islomiy Kengash Majlisining raisini yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuvda keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgani, mamlakatlarimiz oʻrtasida siyosiy va iqtisodiy sohadagi muloqotlarning faollashgani ijobiy baholandi.

— Davlatlarimiz rahbarlari oʻtgan yili sentyabr oyida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti va noyabr oyida Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitlari doirasida boʻlib oʻtgan Oliy darajadagi muloqotlarda ikki mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar. Bu esa ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarimizning yanada rivojlanishida muhim omil boʻlmoqda, — dedi Spiker N. Ismoilov. – Oʻz oʻrnida biz ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalarni ham yangi darajaga olib chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak boʻladi. Zero tarixi, dini, urf-odati va anʼanalari yaqin boʻlgan mintaqamizdagi davlatlar va xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlikning oʻrni beqiyos.

Mazkur uchrashuvlar asnosida ilgari surilgan takliflarning amaliy ijrosi kelajakda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, transport-logistika, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik munosabatlarimizni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.

Muloqot chogʻida mehmonga mamlakatimiz parlamenti, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonunchilik faoliyati, norma ijodkorligi, qoʻmita va fraksiyalari ish uslublari hamda parlamentarizm sohasidagi yangiliklar haqida soʻzlab berildi.

Oʻz navbatida, M. Qolibof konstruktiv va amaliy ruhdagi muloqotlarni izchil davom ettirish, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil boʻlgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash, shu yoʻnalishdagi muloqotlarni koʻpaytirish har tomonlama foydali ekanini qayd etdi.

Oʻzaro ishonch ruhida oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston-Eron oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, uni yangi mazmun bilan boyitish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda parlamentlarning rolini kuchaytirishga kelishib oldi.

Eron parlamenti delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
8
0
xs.uz

4-iyun kuni ob-havo qanday boʻladi?

'Oʻzgidromet' 4-iyun kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 35-37 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda

16 Apr 15:12
 
59
0
xs.uz

Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik

17 May 21:46
 
31
0
xs.uz

MMTV qoshida Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi yuzasidan videoselektor yigʻilishida bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha koʻp ishlar qilinayotgani, bu borada alohida qonun ham qabul qilingani qayd etildi.'Toʻgʻri, bugungi kunda yoshlar maʼnaviyati bilan hamma shugʻullanyapti.Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targʻiboti, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha professional tashkilot yoʻq', dedi Prezi

17 May 21:46
 
22
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo