
Foto: president.uz
Muhtaram vatandoshlar!
Mana shu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga toʻlib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.
Ushbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinchlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytishimiz tabiiydir.
Barchamizga ayonki, islom dini avvalo tinchlik, ezgulik va insoniylik dinidir.
Muqaddas Qurʼoni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlikka chaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!” – deya marhamat qilingan.
Hozirgi gʻoyat murakkab va tahlikali zamonda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, uni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash va mustahkamlashdek oʻtkir talablar yurtimizda yashayotgan har bir moʻmin-musulmon, har bir inson uchun har qachongidan ham dolzarb boʻlib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.
Ishonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa Oʻzbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning qalb daʼvati va insoniy burchiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yorugʻ kelajagini taʼminlash yoʻlida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
Hurmatli doʻstlar!
Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning shaʼni, qadr-qimmati va hurmatini ulugʻlash kabi muqaddas tushunchalarni oʻzida aks ettirgan ushbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, xalqimizni hayotdan rozi qilish borasida olib borayotgan keng koʻlamli islohotlarimizning maʼno-mazmuniga har tomonlama uygʻun va hamohang ekani bilan ham ayniqsa eʼtiborlidir.
Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirishga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, koʻhna masjid va madrasalarni obod qilish, buyuk ajdodlarimizning bebaho maʼnaviy-maʼrifiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan eʼtirof etilayotgani barchangizga yaxshi maʼlum.
Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy eʼtiqod borasidagi huquq va erkinliklari toʻla taʼminlanib, moʻmin-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.
Bu haqda soʻz yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan soʻng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega boʻlgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini taʼkidlash lozim.
Soʻnggi yillarda shakllangan ezgu anʼanamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlari yurtdoshlarimizga bu ayyomni oʻz oilasi va yaqinlari bagʻrida yanada mazmunli oʻtkazish, goʻzal va betakror yurtimiz boʻylab koʻngilli sayohatlarni amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi.
Biz tabarruk dinimiz va oʻlmas qadriyatlarimiz, oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulugʻ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot anʼanalari asrlar osha insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlashtiruvchi beqiyos maʼnaviy kuch boʻlib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.
Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yashayotgan musulmon doʻst va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni ushbu moʻtabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinchlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.
Aziz yurtdoshlar!
Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.
El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat boʻlsin!
Alloh taolo goʻzal diyorimizni, olijanob va bagʻrikeng xalqimizni hamisha oʻz panohida asrasin!
Aziz Vatanimizda tinchlik va barqarorlik hamisha bardavom boʻlsin!
Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning Oʻzi doimo madadkor boʻlsin!
Shavkat Mirziyoyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r
Ohangaronda 316,4 mln soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, 'B.S.' MChJ rahbari X.X. 4-kichik tuman hududida joylashgan spirtli ichimliklar savdo doʻkonida noqonuniy ravishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib olgan.Mazkur qonunbuzilish holati natijasida jami 316,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydala
Samarqandda turizm qishloqlari koʻpaymoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Bugungi kunda Bulungʻur tumanida 19 ta arxeologik, 6 ta arxitektura madaniy meros obyekti roʻyxatga olingan boʻlib, sayyohlar diqqatini tortadigan ushbu joylar turizm maskaniga aylantirilmoqda. Tumandagi Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi, Sheroz qalʼa yodgorligi joylashgan 'Erganakli' mahalla fuqarolar yigʻini ham tabarruk manzillardan hisoblanadi. Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohiga olib boruvchi 5,5 kilometr yoʻl taʼmirlanib, 6,5 kilometr ichimlik suvi
Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi
Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb