calendar 03 Jul 10:31
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir

Vaziyat barqarorlashgan, hayot o'z maromiga qaytmoqda. Mirziyoyev Nukusda yig'ilish o'tkazdi

image
image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida bo'lib turibdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʻlum qildi. 

Qayd etilishicha, bugun, 3 iyul kuni tongda videoselektor yig'ilishi o'tkazilib, barcha tumanlar bilan muloqot qilingan. Tuman hokimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari fuqarolarning xavfsizligini taʻminlash, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berilgan. 

Shavkat Mirziyoyevning kechagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashgan, hayot o'z maromiga qaytmoqda.

"Maʻlumki, kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilgan edi. Yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududining komendanti ushbu holat bo'yicha axborot berib, vaziyat to'liq nazoratga olinganini taʻkidladi", deyiladi xabarda. 

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto'g'ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so'ng, kecha, 2 iyul kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog'iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o'rgangan holda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o'zgarishsiz qoldirish zarurligini maʻlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
48
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar

20 Mar 12:54
 
54
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

22 Mar 08:54
 
67
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y

04 Apr 16:18
 
49
0
xs.uz

Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro