calendar 01 Jul 11:31
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir

Sanʻat va madaniyat instituti mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochildi

image
image

O'zbekiston davlat sanʻat va madaniyat instituti faoliyati o'rganilganida, bir qator xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi va jami 416 million talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Qayd etilishicha, olyigohga o'qishga qabul qilishda qonunchilik talablari buzilib, qabul jarayonlarining shaffofligi taʻminlanmagan.

Xususan, 6 mingdan ortiq abituriyentning ijodiy imtihon natijalari video tasvirlari saqlanmagan, ijodiy imtihon topshirgan 92 nafar abituriyentning titul varaqalari yuritilmagan va yozma imtihonlar olinmagan, 77 ta abituriyentning amaliy ishlari shifrlanmasdan, maxfiyligi taʻminlanmagan holda qabul komissiyasi tomonidan baholangan.

Oqibatda, ijodiy imtihonlardan eng yuqori ball bilan o'qishga qabul qilingan 132 nafar talabaning 27 foizi 1-semestr yakuni bo'yicha qoniqarsiz baho olgan.

Shuningdek, Davlat qabul komissiyasi tomonidan institutga ikkinchi mutaxassislik bo'yicha kunduzgi taʻlimga qabul qilishga ruxsat etilgan bo'lsada, sirtqi taʻlimga ham ayrim talabalar qabul qilingan.

Bundan tashqari, institutning shtatlar jadvaliga 10 ta shtat birliklari ortiqcha kiritilib, 327 million so'm asossiz sarflangan, haqiqatda o'tilmagan 1588 soat darslari uchun 89 million so'm to'lanib, byudjyet mablag'lari talon-toroj qilingan.

Aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,