Samarqandda "Zukko bolajon!" fotoalbomi taqdimoti bo'lib o'tdi

«Yangi O'zbekiston – inson qadri ulug'langan yurt» shiori ostida viloyatda o'tkazilayotgan «Maʻnaviyat festivali» doirasida Samarqand shahridagi 36-sonli maktabgacha taʻlim tashkilotida «Zukko Bolajon» fotoalbomi taqdimotiga bag'ishlangan badiiy-musiqali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda poytaxtimizdan kelgan bir guruh ijodkorlar, olimlar, sanʻatkorlar hamda "Maʻrifat" targ'ibotchilar jamiyati aʻzolari ishtirok etdi.
- Maʻnaviy-maʻrifiy sohadagi islohotlar, o'zgarishlarni eng quyi bosqich – maktabgacha taʻlim tashkilotidan boshlasakkina kutilgan natijaga erishamiz, - dedi Prezidentning yoshlar, fan, taʻlim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Nodirjon Xolbo'tayev. - Zero, davlatimiz rahbari taʻbiri bilan aytganda «Har bir bola – bamisoli o'sib, kuchga to'layotgan, parvarishga muhtoj nozik nihol. Binobarin, uni hyech qachon mehr va eʻtibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.
Ushbu «Zukko Bolajon!» fotoalbomi respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi, Maktabgacha taʻlim vazirligi, «Maʻrifat» targ'ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan.
Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash instituti professori Zuhra Ismoilova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi, shoira Sayyora To'ychiyeva so'zga chiqib, bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirdi. Ular bugungi kunda mamlakatimizda farzandlarimiz manfaatlarini himoya qilish, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida alohida to'xtaldi.
Tadbir davomida "Zukko Bolajon!" fotoalbomi 36-sonli maktabgacha taʻlim muassasasiga topshirildi.
Tadbirda sahnaga bolajonlar taklif etildi, ular bolalikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar hamda «Samarqand qizlari», «Andijon polkasi» nomli sho'x raqslar bilan ishtirokchilar kayfiyatini ko'tardi.
Shuningdek, tadbir davomida soha xodimlari uchun shuʻbalarga bo'lingan holda bola tarbiyasi hamda uning maʻnaviy kamoloti xususida seminar-trening o'tkazildi.
«Zukko Bolajon!» loyihasi doirasida fotoko'rgazma hamda Samarqand qo'g'irchoq teatri tomonidan tomoshalar namoyish etildi. Kulolchilikka qiziqishi bo'lgan bolalar uchun darslar tashkil qilindi.
Navoiydan bahra olgan Gʻarb
Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,
Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj
Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri