calendar 01 Jul 07:21
eye 59
comments 0
comments Manba: xs

Fargʻonalik yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichida ikkinchi oʻrinni egalladi

image

Foto: Xalq so‘zi

Yoshlar oyligi doirasida mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” kelajagimiz vorislari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, yigit-qizlarni ommaviy sportga jalb etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashda, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Oʻziga xos bu “kichik olimpiada” musobaqalarida mahallada yashovchi faol va uyushmagan yoshlar mushtarak maqsad yoʻlida oʻzaro jipslashib, gʻoliblik uchun astoydil harakat qilgani eʼtiborga sazovordir.

Quvonarlisi, mazkur musobaqa Fargʻona viloyati yoshlari uchun omadli keldi. Hududiy saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashgan fargʻonalik yigit-qizlar respublika bosqichida ham yaxshi natijalarni qoʻlga kiritdilar. Viloyat yoshlari shaxsiy va jamoaviy hisobda 8 ta birinchi, 11 ta ikkinchi va 9 ta uchinchi oʻrinni egallab, 28 marotaba shohsupaga koʻtarilishdi hamda umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.

— Umidli yoshlarimiz sportning yengil atletika, shashka, stol tennisi, voleybol, stritbol kabi turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda peshqadamlik qildilar, — deydi Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov. — Natijada bu sportsevar yoshlar istiqomat qiladigan mahallalarda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan universal sport maydonchalari qurib beriladigan boʻldi. Demak, mahallalarimizda yigit-qizlarning boʻsh vaqtini sport bilan hamnafaslikda oʻtkazishi uchun imkoniyatlar yanada kengayadi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

16 Apr 15:12
 
33
0
xs.uz

Orzularidan voz kechmagan afgʻon qizlari

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Afgʻonistonlik Palvosha Doʻstmuhammad va Farimo Murodiy oʻz yurtida ushalmagan orzulariga Termiz shahrida erishmoqda. Ikki dugonaning qalbida tikuvchilikka boʻlgan ishtiyoq bolaligidan boshlab joʻsh urgan. Ular afgʻon milliy liboslarini tikib, oʻz brendini yaratishni orzu qilishadi.' Ota-onam chevar boʻlib, erkaklar va ayollar liboslarini tikishardi, ' deydi Palvosha Doʻstmuhammad. ' Bolaligimdan qoʻl mehnatiga mehrim tushdi. Oʻn ikki yoshimdan bichish-tik

12 Apr 21:15
 
37
0
xs.uz

Toshkent deklaratsiyasi global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun uchun “yoʻl xaritasi” boʻlib xizmat qiladi

Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu tarixiy Assambleya Oʻzbekiston parlamenti mezbonligida oʻtkazildi va unda taxminan 130 davlatdan 1400 ga yaqin delegat, shu jumladan 740 nafar parlament aʼzosi, shuningdek 50 dan ortiq xalqaro va kuzatuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Tadbirda 100 dan ortiq parlament spikerlari va spiker oʻrinbosarlari ishtirok etgani geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuchaygan bir paytda parlament diplomat

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi