calendar 26 Jun 12:21
eye 73
comments 0
comments Manba: xs

Kasanachilikda 1- iyuldan nimalar o‘zgaradi?

image

Foto: Illustrativ surat

Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qaroriga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan kasanachilikni fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha:

  • kasanachilarga daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, 1 oyda koʻpi bilan 1 million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
  • kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
  • olis va chekka hududlardagi mahallalarda (jami 252 ta) kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga dastlabki 3 oydagi faoliyati uchun 1 oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi.
  •  Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kasanachilar soni kamida 10 nafar boʻlgan tadbirkorlarga kredit summasining 75 foizi miqdorigacha kafillik beriladi.

2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvargacha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha boʻlgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha (2 mln 700 ming soʻmgacha) miqdorida subsidiya ajratiladi.

Shuningdek, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi tarkibida mavsumiy va kasanachilik ishlari portali ishga tushiriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
31
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz

20 Mar 12:54
 
55
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

16 Apr 09:11
 
28
0
xs.uz

Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'

21 Apr 08:33
 
22
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro