Buxoroda “Xalqaro zardo‘zlik, zargarlik va kashtachilik san’ati” festivali yakunlandi

Buxoroda besh kun davom etishi rejalashtirilgan “Xalqaro zardo‘zlik, zargarlik va kashtachilik san’ati” festivali to‘rtinchi kuni yakunlandi. Festivalning taqdirlash va yopilish marosimi “Ark” qo‘rg‘oni maydonida bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.
Yopilish marosimida ikki ming nafardan ortiq tomoshabin, 150 dan ziyod mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari, AQSH, Rossiya, Angliya, Yangi Zelandiya, Kuvayt, Tojikiston, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan xorijlik mehmonlar va hunarmandlar ishtirok etgan.
Tantanada viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, o‘z tabrigida Buxoro san’ati shoh asari hisoblangan “Shashmaqom” YUNESKOning umuminsoniy nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qilgan.
Festivalda qatnashgan mahalliy va xorijiy hunarmandlarning qo‘l mehnatlari yetti kishidan iborat xalqaro hay’at tomonidan baholab borilgan. G‘oliblar “Eng yaxshi zargarlik tashkiloti”, “Eng yaxshi zardo‘zlik tashkiloti”, “Eng yaxshi zardo‘z”, “Eng yaxshi zargar”, “Eng yaxshi zardo‘zlik maktabi ustasi”, “Zardo‘zlik bo‘yicha qadimiy sulola davomchisi”, “Zargarlik bo‘yicha qadimiy sulola davomchisi” kabi 40 dan ortiq nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlangan. Ularga diplom va pul mukofotlari topshirilgan.
Shundan so‘ng xonandalar hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasining raqqos va raqqosalari chiqishi namoyish etilgan.
AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi
Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda 'The Hill' nashri.Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyich
Tramp Saudiya Arabistoniga keldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m
“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi
'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi
Ilon Mask Oq uyni tark etdi
Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari