
Foto: Халқ сўзи
18-may – Xalqaro muzeylar kuni
Oʻtmishni bilish va tarix haqiqatlarini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish insoniylik burchimiz hisoblanadi. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, tarixiy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Muzeylar bu borada eng taʼsirchan va samarali vosita hisoblanadi.
Xususan, Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, 88 yildirki, xalqimizga xizmat qilib kelmoqda.
— Ushbu maskan dastlab qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi negizida “Oʻlkashunoslik” muzeyi sifatida tashkil topgan, — deydi muzey direktori Ixtiyor Rasulov. — Yillar davomida tarixchilar, arxeologlar, filologlar, geologlar, biologlar va bir qancha soha vakillari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida muzeyning ilmiy salohiyati yuksaldi. Muzeyning malakali ilmiy xodimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, ekspeditsiyalar natijasida qoʻlga kiritilgan minglab osori atiqalar oʻlka tarixi, madaniyati, hayvonot va nabotot dunyosi toʻgʻrisida qimmatli manbaga aylanib bordi. Muzeyda mavjud eksponatlarning soni keskin ortishi natijasida muzey uchun yangi maxsus bino zarurati paydo boʻlgani bois 1982-yilga kelib qulay binoga koʻchib oʻtildi. Bugungi kunda muzey binosi noyob arxitektura yodgorligi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi “2017-2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi hamda Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeylari birlashib, uning negizida Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi qayta tashkil etildi. Natijada muzey oʻzining yangi hayotini boshladi. Uning hozirda bitta filiali va beshta boʻlimi mavjud. Keyingi ikki yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Andijon viloyat hokimligi koʻmagida bosh muzey binosida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Muzeyning moddiy-texnik bazasi boyitildi. Muzey ekspozitsiya va koʻrgazma zallari qayta jihozlanib, yangilandi.
— Bugungi kunda muzey fondida 151 mingdan ziyod bebaho arxeologik yodgorliklar, rang-tasvir asarlari, numizmatika, etnografiyaga oid eksponatlar, shuningdek, oʻzbek xalqi tarixining muhim bosqichlarini oʻzida aks ettirgan noyob arxiv maʼlumotlari, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, fotomateriallar va boshqalar saqlanmoqda, — deya suhbatda davom etdi muzey direktori. — Hududda amalga oshirilayotgan qazishmalar, ilmiy izlanishlar ularning soni yildan-yilga ortib borishiga sabab boʻlmoqda. Har bir eksponat xalqimiz turmush tarzi, madaniyati va urf-odatining yorqin ifodasidir.
Shuningdek, xorijiy muzeylar va institutlar bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2017-yildan buyon Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Natijada “Ekologik ong - tabiatdan saboq olmoq”, “Matematikani qoʻlga ol!” deb nomlangan interfaol koʻchma koʻrgazmalar tashkil etildi. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi “Sulaymon-togʻ” milliy-tarixiy arxeologik muzey majmuasi bilan imzolangan oʻzaro doʻstlik va hamkorlik memorandumi qardosh xalqlar tarixidagi uzviylikni ifoda etishda muhim oʻrin tutmoqda.
Muzeyning har bir eksponati oʻzida tarixning bir boʻlagini mujassam etadi. Ular avlodlar osha xalqimizning boy madaniy-maʼrifiy merosini namoyishda etishda davom etaveradi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru
Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi
15-may kuni Oʻzbekistonning Norvegiyadagi yangi tayinlangan elchisi Rahmatulla Nurimbetov ushbu mamlakat Qiroli Xarald V ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston va Norvegiya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga
Mahkumlar koʻnglida ham yaratuvchanlik yashaydi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Ozodlikdan mahrum etish mahkum uchun jazo ' ayni chogʻda jamiyatning maʼlum muddatda uni tarbiyalash hamda toʻgʻri yoʻlga qaytarishdek ustuvor maqsadi yoʻlidagi vosita. Shu nuqtayi nazardan soʻnggi yillarda mahkumlarning tikanli sim ortidagi hayoti mazmunan boyitilib, barcha tadbirlar gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish tamoyillariga asoslanmoqda. Jazoni liberallashtirish hamda uni oʻtashning shaffoflashtirilishi ham shu kabi m
Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida