calendar 18 Apr 16:10
eye 29
comments 0
comments Manba: daryo

Yengilmas bokschi Errol Spens Yordenis Ugasni mag‘lub etib, uchta kamarni birlashtirdi

image

AQShning Arlington shahrida 17-aprel kechasi professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Kechaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn (-66,6 kg) toifasida IBF va WBC chempioni Errol Spens (28-0, 22 KO) va WBA kamari sohibi Yordenis Ugas (27-5, 12 KO) o‘rtasida kechdi. Errol 10-raunddagi texnik nokaut evaziga Yordenis Ugas ustidan g‘alaba qozondi.

Uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng ringga qaytgan 32 yoshli Spens raqibidan faolroq harakat qildi va hujumda ko‘proq vaqt o‘tkazdi. 35 yoshli Ugas esa jangning birinchi yarmida qarshi hujumlarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 8-raundda Ugasning deyarli yopilib qolgan o‘ng ko‘zini tekshirish uchun jang to‘xtatildi. Ammo shifokorlar jangni davom ettirish uchun ruxsat berdi. 10-raundda hakam kubalikning ko‘zi jarohatlangani sabab, yana jangni to‘xtatdi. Bu safar shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra jang to‘xtatildi va Spens texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Errol IBF va WBC kamarlari yoniga WBA titulini ham qo‘shib qo‘ydi. WBO kamariga Terens Krouford egalik qiladi.

Spens bundan avvalgi so‘nggi jangida 2020-yilning dekabrida Danni Garsiyani yengandi. Ugas esa oxirgi marta 2021-yilning avgustida Menni Pakyaoga qarshi jang qilib, uni mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vazn toifasida (-66,6 kg) o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (18-1, 10 KO) ham faoliyat olib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 16:12
 
56
0
qalampir.uz

MYU “Real”dan 18 yoshli iste’dodni ilib ketmoqda

Madridning “Real” klubi anchadan beri qiziqish bildirayotgan Fransiyaning “Lill” klubi himoyachisi Leni Yoro faoliyatini Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, “Real” Yoro uchun 30 million yevrodan ortiq pul berishni istamagan. “Manchester Yunayted” esa “Lill” xohlayotgan 50+12 mln yevro ko‘rinish

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

“Al-Nasr” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Yangi shartnoma Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi, chunki futbolchi mundialda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shartnoma muddati tugag

19 Jul 18:14
 
67
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo