calendar 16 Apr 15:31
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Durov va Milner kabi millarderlar "rossiyalik" nomidan tonmoqda – "Forbes"

image
image

Rossiya Federatsiyasi bilan aloqador bir qator tadbirkorlar "Forbes" jurnali noshirlaridan ularni "rossiya ishbilarmonlari" deb atamaslikni so'ragan. Ular orasida VKontakte va Telegram asoschisi Pavel Durov ham bor. Bu haqda nashrning o'zi maʻlum qildi.

"Pavel ko'p yillar oldin Rossiyani tark etgan va qaytib kelmaydi", degan Durovning vakili "Forbes"ga.

Pavel Durov Sankt-Peterburgda tug'ilgan va so'nggi yillarda Dubayda yashaydi. 2021 yilda u Frantsiya fuqaroligini oldi, shuningdek, Sent-Kits va Nevis pasportiga (Karib dengizining sharqiy qismidagi orol davlati) ega.

Rossiya bilan bog'lanishni istamaydigan boshqa ishbilarmonlar orasida:

• Aka -uka Igor va Dmitriy Buxmanlar ham bor. Ular 2004 yilda Vologdada mobil o'yinlar ishlab chiqaruvchi "Playrix" kompaniyasiga asos solgan va 2013 yilda biznesini Irlandiyaga ko'chirgan. 2016 yilda aka-uka Isroilga ketgan, hozir esa Londonda yashaydi.

• "Revolut " asoschilaridan biri Nik Storonski Rossiyada tug'ilib o'sgan, 20 yoshida boshqa davlatga ketgan. Uning vakili tadbirkor Britaniya fuqarosi ekanligini aytgan.

• Evgeniy Shvidler — Roman Abramovichning sherigi va "Millhouse" investitsiya kompaniyasi rahbari. Biznesmenning nomi oshkor etilmagan "hamrohi" "Forbes"ga janob Shvidler Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas va hyech qachon bo'lmaganligini aytgan. Tadbirkor Ufada tug'ilgan, ammo hyech qachon Rossiya pasportiga ega bo'lmagan. 1994 yilda AQSh fuqarosi, 2010 yilda Britaniya fuqaroligini olgan.

• Investor Leonard Blavatnik. Asli Ukraina SSRda tug'ilgan, 1978 yil 21 yoshida AQShga ketgan. "Forbes"ning taʻkidlashicha, tadbirkor Viktor Vekselberg bilan hamkorlikda boyib ketgan. Jurnalga ko'ra, Blavatnik "Warner Music", "LёndellBasell" neft-kimyo kompaniyasi va "Tory Burч" yorlig'iga sarmoya kiritgan hamda Stenford, Garvard va Oksford universitetlariga katta miqdorda xayriya qilgan. Uning matbuot kotibi aytishicha, tadbirkor rus emas va hyech qachon oligarx bo'lmagan. U AQSh va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. 

• Yuriy Milner — "Forbes" tomonidan "Rossiyadagi eng kuchli texnologiya investori" deb taʻriflangan. Moskvada tug'ilgan. Uning veb-saytida u 1999 yildan beri Isroil fuqarosi ekanligi aytilgan. 2014 yildan beri Kaliforniyada yashaydi. Shundan keyin u Rossiyada bo'lmagan va mamlakatda hyech qanday mol-mulki yo'q.

Maʻlumot uchun, ko'plab rossiyalik ishbilarmonlar Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti tufayli Evropa Ittifoqi davlatlari va AQShning sanktsiyalari ostida qoldi. Sanktsiyalar doirasida tadbirkorlarning barcha aktivlari muzlatiladi. Alfa-bankning qora ro'yxatiga kiritilgan asoschisi Mixail Fridman hatto farroshga ham puli yo'qligidan shikoyat qildi. Kreml rossiyalik tadbirkorlarga qarshi barcha cheklovlarni banditizm deb atadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-