Pentagon Ukrainaga 15 ta davlatdan qurollar yetkazib berilayotganini ma’lum qildi

Ayni vaqtda Ukrainaga dunyoning 15 ta mamlakatidan harbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
U jurnalistlar bilan o‘tkazilgan brifingda AQSh Ukrainaga harbiy yuklarni yuborishni davom etayotganini tasdiqlab, “bu nafaqat bizga, balki 14 ta boshqa davlatlarga ham taalluqli” deya qo‘shimcha qilgan. Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSh “mazkur yuklar ukrain harbiylarining qo‘liga yetib borishiga” ishonadi.
Pentagon vakilining ta’kidlashicha, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin “o‘tgan dam olish kuni NATOning sharqiy qanotidagi AQSh kuchlarini kuchaytirish uchun Qo‘shma Shtatlardan Yevropaga taxminan 500 ga yaqin qo‘shimcha amerikalik harbiy xizmatchilarni yuborishni buyurgan”.
Ushbu harbiy xizmatchilar “Ukraina atrofidagi mavjud vaziyatga javob qaytaradigan va NATO alyansining ushlab turish potensiali hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytiradigan tarzda joylashtiriladi”.
“Mazkur choralar vaqtincha bo‘lib, sharoit taqozo etadigan talablarga mos ravishda muntazam o‘zgarib turadi”, — deya qayd etadi amaldor.
Uning ta’kidlashicha, AQSh Ukrainaga qo‘shin kirgizmayapti va buni amalga oshirmaydi ham.
Avvalroq AQSh prezidenti administratsiyasi Kongressdan Ukraina inqirozini tartibga solish bilan bog‘liq harakatlar uchun 6,4 milliard dollar ajratishni so‘ragan edi. 2022-yilda AQSh Ukrainaga xavfsizlik sohasida yordam sifatida 650 million dollar va gumanitar yordam maqsadida 52 million dollar ajratgan. Mamlakat 2014-yildan buyon AQShdan umumiy qiymati 2,7 milliard dollarga teng yordam olgan.
Bundan oldin Yevrokomissiya Ukrainaga 1,2 milliard yevro ajratishni ma’qullagan, shuningdek yanvar boshida AQSh administratsiyasi Ukrainaga qo‘shimcha 200 million dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni 2021-yil dekabrida ma’qullagani, 2022-yil 1-fevralda esa AQShdan yana 84 tonna harbiy yordam Ukrainaga yetkazib berilgani xabar qilingan.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-