calendar 03 Mar 13:11
eye 76
comments 0
comments Manba: daryo

“Garri Potter” aktyorlari 20 yildan keyin ham mustahkam do‘stlikni saqlab qolganini isbotlovchi suratlar

image

Garri Potter olamining sehrli dunyosi barchamizning qalbimizni zabt etib ulgurgan. Birinchi film ekranlarga chiqqaniga 20 yil bo‘ldi, aktyorlar esa bir-birlari hamon do‘st.

AdMe nashri ularning do‘stligini ko‘rsatish yosh sehrgarlar haqidagi filmlarga ozgina nostalji uyg‘otish uchun Garri Potter aktyorlari o‘rtasidagi uchrashuvlardan olingan fotosuratlarni to‘pladi.

Dunyoga Germiona Grenjer va Drako Malfoy nomi bilan tanilgan Emma Uotson va Tom Felton ajoyib do‘st. Ular plyajdagi ushbu selfini 2018-yilda olishgan. Ularning qahramonlari kinoda adovatda bo‘lishlariga qaramay, aktyorlarni doimo do‘stlik bog‘lab kelgan.

Foto: Instagram

2019-yilda ular yana birgalikda vaqt o‘tkaza boshlashdi — Tom ularning Janubiy Afrikadan birga tushgan fotosuratini sahifasiga joyladi. U Emmaga gitara chalishni o‘rgatgani haqidagi yoqimli suratini baham ko‘rdi.

Ular filmda Nevill rolini o‘ynagan Metyu Lyuis bilan ham do‘st. Bu 2018-yildagi surat.

Sevimli qahramonlarimizdan yana biri Garri va Jinni Uizli. Ular 2016-yilda Jinni rolini ijro etgan Bonni Rayt “Maxfiylik” filmida bosh rolni o‘ynagan Deniel Radkliffni ko‘rgani kelganida uchrashgan. Qadrdon do‘stlarning suratga olish ishlari tugagandan keyin ham bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlarini ko‘rish qanchalik yoqimli.

Foto: Instagram

Ota va o‘g‘il — Lyutsius va Drako Malfoy 2017-yilda yana uchrashishdi. Ular bilan Potter seriyasining boshqa aktyorlari — Metyu Lyuis va Uorik Devis ham bor edi. Shuncha yillardan keyin Malfoylar hali ham yaqin ekan.

Fred, Jorj va Ron Uizli (Jeyms va Oliver Felps va Rupert Grint) Tom Felton bilan Orlandodagi Universal Studios’ga borishdi.

2021-yilda Drako Malfoy va Uizli oilasi yana birlashishdi. Tom Felton ushbu suratga quyidagicha izoh qoldirdi: “Drako ich-ichidan doim malla bo‘lishni xohlardi”.

Bu safar golf o‘ynash va qiziqarli selfi qilish uchun 2021-yilda Tom Felton va Jeyms Felps yana ko‘rishishdi. Ularning qahramonlari qarama-qarshi tomonlarda bo‘lganiga qaramay, haqiqiy hayotda bu aktyorlar yaxshi do‘st bo‘lib qolishgan.

Drako Malfoy va Nevill (Tom Felton va Metyu Lyuis) hayotda yaqin do‘st. 2018-yilda Tom Metyuga Slizerin xaltasini sovg‘a qilayotgan kulgili suratini joylashtirdi. 20 yil o‘tsa ham aktyorlar bir-birlariga Garri Potter bilan bog‘liq hazil qilishadi.

Ularning qahramonlari boshidanoq dushman bo‘lgan, ammo ekrandan tashqarida Deniel Redkliff va Tom Felton yaxshi do‘st.

Foto: Instagram

Polumna Lavgud (haqiqiy hayotda Evanna Linch) filmda “singillari” — Keti Lyun va Skarlett Xefner rollarini o‘ynagan Cho Chang va Pansi Parkinson bilan suratga tushdi.

Potter haqidagi barcha filmlar sujetining markazida, albatta, Garri, Ron va Germiona o‘rtasidagi do‘stlik yotadi. Emma Uotsonning aytishicha, aktyorlarning messenjerda muloqot qilish uchun o‘z chatlari bor. Yaqinda Deniel Redkliff Rupert Grintni ota bo‘lgani bilan tabrikladi. Ular katta bo‘lganiga qaramay, bu sehrli do‘stlik hali ham mustahkam.

Foto: Instagram


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil

12 Apr 21:15
 
51
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
75
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.