APL. “Liverpul” qoldirilgan tur o‘yinida “Lids”ni tor-mor keltirdi, Saloh va Manedan dubl. “Tottenhem”da sensatsion mag‘lubiyat

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining bir qator qoldirilgan o‘yinlari 23-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images
“Liverpul” 19-turning qoldirilgan o‘yinida o‘z maydonida “Lids”ni qabul qilib, 6:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Mersisayd klubi safida Muhammad Saloh ikki marta penaltidan gol urib, dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Joel Matip va Virjil van Deyk o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Sadio Mane ham uchrashuvda 2 ta gol urib, dubl muallifiga aylandi.
Bundan avvalgi o‘yinda “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Tottenhem” 13-tur doirasidagi bahsda safarda autsayder “Byornli” mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda yutqazib qo‘ydi. Uchrashuv taqdirini hal qilib bergan yagona gol 71-daqiqada Ben Mi tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Liverpul”ning ochkolari soni 60 taga yetdi va musobaqa peshqadami “Manchester Siti” bilan oradagi farqni 3 ochkoga yetkazdi. “Tottenhem” esa 39 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.
APL
Qoldirilgan o‘yinlar
23-fevral, chorshanba
19-tur
“Liverpul” — “Lids” 6:0
Gollar: 1:0 – 15, penalti Saloh, 2:0 – 30 Matip, 3:0 – 35, penalti Saloh, 4:0 – 80 Mane, 5:0 – 90+1 Mane, 6:0 – 90+3 van Deyk.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Tiago Alkantara (Henderson, 68), Fabinyo, Jons (Milner, 77), Saloh, Mane, Dias (Origi, 85).
“Lids”: Melye, Dallas, Eyling, Streyk, Firpo, Harrison, Forshou, Klix (Sheklton, 46), Rafinya, Rodrigo (Roberts, 46), Jeyms (Gelxardt, 61).
Ogohlantirishlar: Firpo (18), Eyling (33).
13-tur
“Byornli” – “Tottenhem” 1:0
Gol: 1:0 – 71 Mi.
“Byornli”: Poup, Roberts, Mi, Tarkovski, Piters, Lennon, Kork, Braunxill, Rodriges, Vegorst (Barns, 89), Maknil.
“Tottenhem”: Lyoris, Emerson (Lukas Moura, 65), Dayer, Devis, Romero, Sessenyon (Bergveyn, 79), Son Hyon Min, Heybyerg, Bentankur (Uinks, 46), Kulusevski, Keyn.
18-tur
“Uotford” – “Kristal Pelas” 1:4
Gollar: 0:1 – 15 Mateta, 1:1 – 18 Sissoko, 1:2 – 42 Gallaxer, 1:3 – 85 Zaa, 1:4 – 90 Zaa.
html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
Tantanali ochilish marosimida Mirzaobod tumani hokimi Abdurahim Umarov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Anvar Buranov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining Sirdaryo viloyati bo'limi ijrochi direktori Bahodurxo'ja Eshonov, O'zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo'limlari uchun mas'ul Husniddin Xo'jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.Bugungi mintaqaviy bosqichda viloyatning Sardoba, Oqoltin, Mirzaobo
“Los Angeles 2028” yozgi Paralimpiya oʻyinlarining musobaqalar dasturi eʼlon qilindi
'Los Angeles 2028' yozgi Paralimpiya oʻyinlarining musobaqalar dasturi eʼlon qilindi. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi boshqaruv kengashi tomonidan taqdim etilgan dasturga koʻra, ushbu musobaqalarda tarixdagi eng koʻp medallar jamgʻarmasi oʻynaladi.Paralimpiya oʻyinlarida 23 ta sport turi boʻyicha jami 560 ta dasturda medallar uchun kurash olib boriladi. Bu koʻrsatkich 'Parij-2024' musobaqasidan 11 ta koʻpdir. Ayniqsa, ayollar ishtirokidagi dasturlar sonining oshirilgani va para qoyani z
“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda
Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat
Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel