calendar 12 Feb 14:11
eye 70
comments 0
comments Manba: daryo

Hijob taqiqiga qarshi namoyish, apelsin va limonli haykal, Makronga ishlangan karikatura. 10-fevral suratlari

image

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Fransiyaning Nitssa shahrida bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi Nitssa karnavali uchun tayyorlangan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron boshining ulkan karikaturasi ustida ishlayotgan rassom.

Foto: AFP

Pekindagi aeroport ishchisi yuklarni kerakli joyga olib ketmoqda.

Foto: “TASS”

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida qurilgan tunnelni borib ko‘rdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aktrisa Anjelina Joli Kapitoliydagi matbuot anjumanida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunni yangi tahrirda ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatladi.

Foto: EPA

Toshkent viloyatida gullashni boshlagan buta.

Foto: “Daryo” / Hilola G‘iyosova

Marhamat tumanining Asaka tumani tomondan kirish qismidagi adirlikdagi yozuv.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Rotterdamda faollar Klarion-Klipperton zonasi hududida dengiz konlarini qazib olishga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdilar.

Foto: Getty Images

Krasnoyarsk shahrining yuqoridan korinishi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya o‘zining Milliy kunini Dubaydagi EXPO-2020 ko‘rgazmasida nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Zangiota tumani “Ibrat” mahallasida “Gazel” kelishini kutayotgan maktab o‘quvchilari. Haydovchilar boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan yo‘l haqi olmaydi.

Foto: “Daryo” / Hilola G‘iyosova

Ukrainalik faollar Donetsk tomon havo sharlariga bog‘langan bayroqni uchirdilar.

Foto: Getty Images

Yaponiya qor yog‘ishi sababli o‘nlab reyslarni bekor qildi.

Foto: EPA

Madagaskarda “Batsiray” tropik sikloni kamida 100 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Krasnodar o‘lkasida Abrau ko‘li o‘z qirg‘oqlaridan toshib ketdi.

Foto: “TASS”

Moskva qor bilan qoplandi.

Foto: EPA

Hindistonda maktablarda hijob kiyish taqiqlangani uchun norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda.

Foto: “TASS”

Kuchli shamol paytida Kuba sohilidagi ulkan to‘lqin yonidan o‘tib ketayotgan amerika eski avtomobili.

Foto: “TASS”

Kimono kiygan ayol va qizlar kuchli qor paytida Asakusa tumani bo‘ylab sayr qilmoqda.

Foto: Getty Images

Shimoliy Makedoniyadagi Ohrid ko‘li qirg‘og‘ida bir ayol chag‘alaylarni ovqatlantiryapti.

Foto: Rex

Fransiyaning Menton shahrida an’anaviy Limon festivaliga tayyorgarlik jarayonida limon va apelsin bilan bezatilgan installyatsiya. Mentonda Limon festivali 2022-yil 12–27-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Sinhua


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
42
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorij shifoxonalariga evakuatsiya qilinishi kerak — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adhanomning taʼkidlashicha, Gʻazodagi 10 mingdan ortiq bemorlar xorijdagi tibbiy muassasalarga evakuatsiya qilinishi kerak. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Isroil hukumatining Gʻazoga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, tibbiy dori-darmonlar hamda tibbiy buyumlarni hududga kiritmasligi oqibatida minglab falastinliklar halok boʻlishi hamda jiddiy kasalliklar tarqalishi

16 Apr 09:12
 
43
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg