Fotogalereya: Koronavirus modeli va samolyotdagi “Budda” — Hindistonda Respublika kuni paradi qanday o‘tdi?

Hindistonda har yili 26-yanvarda Respublika kuni nishonlanadi. 2022-yilda ham koronavirus pandemiyasiga qaramay, an’anaviy bayram paradi bekor qilinmadi. “RBK” bayram qanday nishonlangani haqidagi fotogalereyani taqdim qildi.
Bayram 1950-yil 26-yanvarda Hindiston konstitutsiyasi rasman kuchga kirgan kun sharafiga o‘tkaziladi. Respublika kuni munosabati bilan Nyu-Dehlidagi Rajpatx shoh ko‘chasida harbiy parad o‘tkazildi, shuningdek, tantanali tadbirda politsiyachilar, raqqoslar va maktab o‘quvchilari ham ishtirok etgan. 2022-yilda tadbir tomoshabinlari soniga cheklov belgilandi. Shu yili avgustda Hindiston mustaqilligiga 75 yil to‘ladi.
Pandemiya tufayli tomoshabinlar soniga cheklov belgilandi: tantanalarga koronavirusga qarshi to‘liq emlangan kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘spirinlar kelishiga ruxsat berildi.
Koronavirusning katta modelini ko‘tarib tomosha ko‘rsatgan maktab o‘quvchilari
Foto: AP Photo
Subxasa Chandri Bosning byusti markazda olib o‘tilmoqda, u Hindiston ozodligi uchun kurashgan insonlarning yetakchilaridan biri bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida u Angliya mustamlakachilari bilan kurashda Yaponiya bilan hamkorlik qilishga kelishgan, Singapurda “Ozod Hindiston” administratsiyasini tuzib, unga rahbarlik qilgan. 1945-yil avgustda Tayvandagi aviahalokatda halok bo‘lgan.
Foto: AP Photo
Paradning havodagi qismi Respublika kunlari tarixidagi eng katta shoulardan biriga aylandi, unda 75 ta samolyot ishtirok etdi.
Foto: AP Photo
Hindistonning turli shtatlari paradda o‘zlari tayyorlab kelgan platformalar bilan ishtirok etdi.
Foto: AP Photo
Tarixchilarning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston aholisi uchun ushbu parad bir-birlariga va butun dunyoga mamlakatning harbiy kuch-qudrati, texnologik yutuqlari va madaniy xilma-xilligini namoyish etish imkoniyatini beradi.
Foto: Reuters
Ayollar uzunligi 73 fut (Konstitutsiya kuchga kirganining har bir yiliga bir futdan qo‘shiladi, 22 metrdan uzunroq) bo‘lgan Hindiston bayrog‘ini, mamlakat ozodligi uchun kurashgan insonlarning portretlari bilan (chapdan o‘ngga Mahatma Gandi, Bhagat Singx, Vallabxai Patel) olib o‘tmoqda. Mahatma Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashda zo‘ravonlik va kuch ishlatmasdan harakat qilish zarur deb hisoblagan, shuningdek, Hindistondagi odamlarning tabaqalanishi, ya’ni kastalar tizimiga qarshi chiqqan. Bxagat Singx esa 1931-yilda politsiyachi o‘ldirgani uchun qatl qilingan revolyutsioner. Vallabxai Patel — Hindiston konstitutsiyasining mualliflaridan biri.
Foto: Reuters
Mavzuga doir:
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi
AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem