calendar 26 Jan 19:11
eye 36
comments 0
comments Manba: daryo

Taomlarida Disney va Pixar multfilmlarini aks ettiradigan yaponiyalik onaning ijod namunalari (foto)

image

Yaponcha bento-lanch, albatta, eng chiroyli taomdir. Guruch, baliq yoki go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan taomlar ko‘pincha hayvon, bino, yodgorlik, gullar yoki odamlar ko‘rinishida bezatiladi. Hatto dizayn uslublari – masalan, turli mashhur multfilm va videoo‘yin qahramonidan ham  foydalaniladi. Aynan shu uslubda Etoni Mama nomi ostidagi yaponiyalik ayol muvaffaqiyatga erishdi, u o‘zi tayyorlagan taomlarining suratini Instagram’ga joylashtiradi. Hozirda uning 180 mingdan ortiq havaskor obunachilari bor, deb yozadi Meduza.

Foto: Instagram / etn.co_mam

Etoni Mama uch nafar farzandini xursand qilish uchun oddiy ovqatlardan qiziqarli yegulik qahramonlar yaratishni boshladi. Vinni Pux va Minionlardan tortib, ularning soni allaqachon yuzdan ortgan. Shu bilan birga, blogerning ta’kidlashicha, uning taomlari nafaqat chiroyli, balki mazali hamdir. Pazanda onaning suratlariga qarab, bunga ishonishingiz aniq.

Bitta taom tayyorlash uchun taxminan bir soat vaqt ketadi va Etoni Mama faqat mahsulotlarga qarab ilhom oladi. Shuningdek, u o‘zining kitobini ham nashr etdi, unda oddiy taomni qanday qilib quvnoq va ishtaha ochar qilish mumkinligi haqida batafsil yoritilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
51
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

20 Mar 12:55
 
58
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti