Hududi Qora, Egey, O‘rta dengiz bilan o‘ralgan Turkiyaga tashrif buyurgan sayyoh qiziqishidan kelib chiqib, istaganicha hordiq chiqarishi mumkin. Xohishga qarab, barcha xizmatlarni o‘z ichiga oladigan hashamatli mehmonxonada dam olish, sevimli seriallar suratga olingan tarixiy joylar va ahamiyatga molik yerlarga tashrif buyurish, dayving hamda ekstremal sport bilan shug‘ullanish imkoniyati mavjud. AdMe tomosha qilgach, Turkiyaga borishni istovchi sayyohlar soni tobora ortishiga sabab bo‘ladigan suratlarni e’tiboringizga havola qiladi.

Foto: AdMe
O‘ziga xos rangga ega Fathiye ko‘rfazi.

Foto: AdMe
Istanbuldagi uysiz itlarga yemak qo‘yish uchun ajratilgan maxsus joy.

Foto: AdMe
Uludag‘ning Milliy bog‘iga osilgan ogohlantiruv belgisi: “Ehtiyot bo‘ling, dinozavr bo‘lishi mumkin”.

Foto: AdMe
Iste’mol qilingan yegulik va ichimliklarning umumiy narxi teng bo‘linsa, har bir xo‘randa qanchadan to‘lashi kerakligi ko‘rsatilgan hisob.

Foto: AdMe
Har qanday erkak sochini Al Pachinonikidek turmaklatishi mumkin bo‘lgan sartaroshxona.

Foto: AdMe
Turkiyaning nafaqat dengizlari, balki purviqor tog‘lari ham kishini o‘ziga maftun qiladi.

Foto: AdMe
Antakyadagi mehmonxonani barpo qilish vaqtida Rim davriga oid mozaikalar topilgan. Endilikda mehmonxona binosi saqlab qolingan qadimiy vayronalar ustida joylashgan.

Foto: AdMe
Aynan shu sabab ham mehmonlar antik madaniyat namunalarini tomosha qilgan holda nonushta qilishi mumkin.

Foto: AdMe
O‘rindiqda uxlab qolgan uysiz mushukni bezovta qilmaslik uchun yerda o‘tirib, avtobus kutayotgan odamlar.

Foto: AdMe
Arzon ekani sabab Turkiya aholisi meva va sabzavotlar iste’molini kanda qilmaydi. Masalan, bodringning bir kilosini 0,23, qulupnayni esa 0,62 dollarga xarid qilsa bo‘ladi.

Foto: AdMe
Bursaliklar Yelizaveta II bir vaqtlar mahalliy bozorga borib, u yerdagi ipakdan tikilgan ro‘mollarga ijobiy baho berganidan faxrlanadi.
To‘rtta quloq bilan dunyoga kelgan Midas laqabli mushuk ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda mashhurlikka erishgan.

Foto: AdMe
Turkiyada ovqatlar bilan qo‘shib ayron ichilishi odatiy hol.

Foto: AdMe
Saklikent Turkiyadagi eng uzun va chuqur kanyon. Uning uzunligi 18 kilometrni, balandligi esa 300 metrni tashkil qiladi.

Foto: AdMe
Istanbuldagi zargarlik do‘konlaridan birida tilla taqinchoqlar peshtaxtasi ustida uxlab yotgan mushuk.

Foto: AdMe
Mizg‘ib olish uchun kiyim do‘konini afzal bilgan it.

Foto: AdMe
Turkiya ko‘chalarida nafaqat it va mushuk, balki toshbaqalarni ham uchratish mumkin.

Foto: AdMe
Fathiye bozorida baliq yoki istalgan dengiz mahsulotini xarid qilsa bo‘ladi. Ularni mijoz uchun o‘sha zahotiyoq pishirib berishadi.

Foto: AdMe
Turkiyaning muzqaymog‘i — dondurmani yemabsiz, bu dunyoga kelmabsiz.
Zevgma qadimiy shahridagi mozaikaning suv bosganidan keyingi ko‘rinishi.