calendar 13 Dec 19:11
eye 46
comments 0
comments Manba: daryo

Fotogalereya: Dunyoning eng nufuzli ayollari Forbes reytingining asosiy o‘nligiga kimlar kirdi?

image

Hafta boshida Forbes jurnali har yili taqdim etishi an’anaga kirgan dunyoning 100 nafar eng nufuzli ayollari reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatni Amazon asoschisi Jef Bezosning sobiq rafiqasi va jahonning eng boy ayollaridan biri Makkenzi Skott boshqarmoqda.

1-o‘rin yozuvchi Makkenzi Skott

Foto: AP Photo

Avval ushbu reytingda 11 yil davomida Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel yetakchilik qilgan. “Kommersant” Forbes reytingida kuchli o‘nlikka kirgan taniqli ayollar fotogalereyasini tuzgan.

2-o‘rin AQSh vitse prezidenti Kamala Xarris

Foto: AP Photo

3-o‘rin Yevropa markaziy banki rahbari Kristin Lagard

Foto: Reuters

4-o‘rin General Motors Company bosh direktori Merri Barra

Foto: Reuters

5-o‘rin Microsoft asoschisi Bill Geytsning rafiqasi filantrop, Melinda Geyts

Foto: Reuters

6-o‘rin Fidelity Investments investitsiya kompaniyasi bosh direktori Ebigayl Jonson

Foto: Reuters

7-o‘rin Santander moliyaviy-kredit guruhi direktorlar kengashi raisi Ana Patrisiya Botin

Foto: Reuters

8-o‘rin Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen

Foto: Reuters

9-o‘rin Tayvan administratsiyasi rahbari Say Inven

Foto: Reuters

10-o‘rin Accenture bosh direktori Juli Svit

Foto: Reuters

2020-yilda Forbes’ning eng nufuzli ayollar reytingida yuqori uchlikdan Merkel, Lagard va Harris joy olgan. Shuningdek, o‘tgan yili Finencial Times gazetasi ham o‘z talqini bo‘yicha eng nufuzli ayollar ro‘yxatini e’lon qilgan: unga inqirozga qarshi kurashgan va hozirgi davrdagi muhim muammolarga e’tibor qaratgan 12 ayol kiritilgan. Mazkur reytingda birinchi o‘rinni Yangi Zelandiya bosh vaziri Zasinda Arden egallagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil

12 Apr 21:15
 
51
0
xs.uz

Tramp Ukrainadan AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadan Rossiya bosqini boshlanganidan keyin AQSH Kiyevga bergan milliardlab dollarlik yordamni qaytarishni talab qilmoqda. Bu haqida 'Pravda' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qoʻshma shtatlar Ukraina bilan tuzilishi kutilayotgan foydali qazilmalar boʻyicha shartnomaga yangi kelishuv shartlarini qoʻshgan.Yangilangan shartlarga koʻra, shartnoma imzolanishi uchun Ukraina Rossiyaning keng koʻlamli bosqini boshlanganidan keyin Qoʻshma Shtatlardan harb

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

22 Mar 08:54
 
63
0
xs.uz

Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda

Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.