calendar 08 Dec 17:20
eye 52
comments 0
comments Manba: zamin

Olimlar «omikron» shtammining fotosuratini chop etdi

image
Foto: elements.envato.com
Gonkong universiteti saytida koronavirus «omikron» shtammining elektron mikroskopdan olingan tasviri chop etildi. Bu haqda Sputnik radiosi xabar berdi.

Maʻlum qilinishicha, universitetning tibbiyot fakulteti olimlari, jumladan, patologiya va virusologiya sohasi mutaxassislari SARS-CoV-2 ning «omikron» shtammi bilan infektsiyalangan maymunning buyragidagi Vero E6 hujayrasining elektron mikrografiyasini olishga muvaffaq bo'lgan.

Universitet saytida shtammning uzoqroqdan olingan va kattalashtirilgan tasvirlari chop etildi.

Foto:Li Ka Шing Faculty of Medicine. The University of Hong Kong
Tadqiqotchilarning aniqlik kiritishicha, uzoqroqdan olingan mikrografiyada hujayralarning mayda qora virusli zarrachalardan iborat pufakchalar bilan zararlanganini ko'rish mumkin. Kattalashtirilgan fotosuratda esa virusli zarrachalar agregatlari, ularning yuzasidagi tojsimon tikanlar ko'rinadi.

Koronavirusning yangi «omikron» shtammi birinchi marta 11 noyabr kuni Janubiy Afrikada topilgan. Britaniyalik olimlarning taʻkidlashicha, yangi shtamm tarqalish tezligi tufayli avvalgilariga, jumladan, deltaga qaraganda xavfliroq bo'lishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti mavjud vaktsinalar ushbu shtammga qarshi samarasiz bo'lishi mumkin, degan shubhalar tufayli «omikron»ni xavfli deb tan oldi. Tashkilot, shuningdek, ilgari koronavirusni boshdan o'tkazganlarda «omikron» bilan qayta kasallanish ehtimoli yuqoriligini maʻlum qildi.

Ochiq manbalardan olingan maʻlumotlarga ko'ra, «omikron» shtammi 45 dan ortiq mamlakat va hududlarda qayd etilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
322
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran

20 Mar 12:55
 
71
0
xs.uz

“Ular hamma narsaga taʼsir qiladi” — Stiv Uitkoff Rossiya — AQSH munosabatlari qanchalik muhimligiga izoh berdi

Rossiya va AQSH oʻrtasidagi munosabatlar Vashington uchun juda muhim. Bu haqda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 'Bloomberg' telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Rossiya Federatsiyasi bilan munosabatlar biz uchun juda muhim. Ular hamma narsaga taʼsir qiladi: Xitoy, Eron, Yaqin Sharq', ' deydi AQSH prezidentining maxsus vakili.Bundan tashqari, u ikki davlat oʻrtasida yadroviy arsenallarni qisqartirish boʻyicha kelishuv butun dunyo uchun manfaatli boʻladi, degan fikrni

21 Apr 08:34
 
319
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom

23 Mar 16:44
 
74
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti