calendar 04 Dec 19:10
eye 46
comments 0
comments Manba: daryo

Avstraliyada suv toshqini oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (foto)

image

Avstraliyada yirik suv toshqini oqibatida Kvinslend shtatini suv bosdi. Ikki kishi halok bo‘lgan, mingga yaqin kishi uylarini tashlab ketgan. Tabiiy ofat Kvinslend, Yangi Janubiy Uels va Viktoriya shtatlarida vayronagarchilikka sabab bo‘lgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: EPA

Yangi Janubiy Uelsda favqulodda xizmatlarga bir sutkada 129 ta yordamga chaqiruv qo‘ng‘irogi kelib tushgan. 300 dan ortiq ko‘ngillilar suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, odamlarni qutqarish va zarur vositalarni yetkazib berishda ishtirok etmoqda.

Kvinslend shtatida joylashgan Tuvumba shahri shimolidagi Okey Krik aholi punktida 1-dekabr kuni 73 yoshli erkak suvga cho‘kib ketgan. Markaziy Kvinslenddagi Rokxempton shahrining g‘arbiy qismida suv bosgan uydan yana bir erkakning jasadi topilgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Noyabr boshida ham Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi ortidan yirik suv toshqinlari yuzaga kelgandi. Toshqinda daraxtga ilinib qolgan erkak 6 soat ichida xavfsiz joyga olib o‘tilgani xabar qilingan.

Noyabr oxirida esa Ispaniyadagi bir qator shaharlarda kuchli qor yog‘ishi tufayli suv toshqini yuz bergandi. Bilbao shahrida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar boshlangan. Ko‘chalarda to‘xtab qolgan mashinalar butunlay suvga botgan.

Avvalroq Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida bir hafta tinmagan kuchli yomg‘ir keng ko‘lamli suv toshqinlarini keltirib chiqargandi. Oqibatda mintaqadagi 1 million 760 ming kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Londonda kuchli yomg‘ir yog‘ib, oqibatda suv toshqini yuz bergani va bir nechta metro liniyalari yopilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
42
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-