Davron Kabulov kashf etgan isteʻdod Farruh Fazel — boyning bolasi emasligi, Rossiyada muhojir bo'lgani haqida

Farruh Fazel «Bor ana» va «Rolex Gucci» qo'shiqlariga ishlangan kliplar bilan o'zbek shou-biznesida «portlab» chiqqandi. U ijodiy mahsulotdan mablag' ayamaydigan ijodkor ekanini ko'rsatgani bilan ko'pchilikning eʻtiboriga tushgandi. Negadir keyingi paytlarda xonanda ijodida sokinlik hukm surmoqda. Nargizaxon Murodova ijodkor bilan suhbatlashib, bunga oydinlik kiritdi.
«Fazel taxallus emas, familiyam»
— Fazel taxallusingizmi degan savolni ko'p berishadi. Yo'q, bu mening familiyam. Millatim afg'on bo'lgani bois to'liq ism-sharifim Farruh Fazel Haq. Oilamizda ijodkorlar yo'q. Dadam kichik biznes bilan shug'ullanadi. Onam esa ancha yillardan buyon ayollar sartaroshi bo'lib ishlaydi. Oilada uch o'g'ilmiz, ikki ukam bor.
Sanʻatga bolaligimdan qiziqqanim uchun maktabni tamomlab, Toshkent estrada-tsirk kollejiga o'qishga kirdim. Kollejni tamomlagach, sanʻatkor bo'lish fikridan qaytdim. Bunga moddiy imkoniyatimning yetarli emasligi sabab bo'ldi.
«Boyning bolasi emasman!»
— Instagram’dagi rasmlarimni ko'rib ko'pchilik meni boyning bolasi deb o'ylaydi. Aslida Chirchiqdagi oddiy, kamtarona oilada ulg'ayganman. Kollejni tamomlach, hayotimni o'zgartirgim keldi. Shu bois, Rossiyaga ishlashga ketdim. 2012 yildan muhojirlik kunlarim boshlangan. O'sha yili pulim yo'qligi uchun institutga ham hujjat topshirmadim. Bir yarim yil qurilishda ishlab, o'qishga hujjat topshirish uchun pul to'pladim. U yerda ishlash oson emas, muhojirlikda pul topayotgan insonlarning dardini juda yaxshi tushunaman.
«Yuridik sohani tanladim»
Foto: Instagram / @fazel_farrukh
— Erkak kishi jiddiyroq kasbda ishlashi kerak, deb yuridik sohani tanladim. To'rt yil tahsil olib, 2017 yili Toshkentga qaytib keldim. Besh yildan ortiqroq vaqt mobaynida xorijda yashab, dunyoqarashim ham o'zgardi. Hayotga yanada, real ko'z bilan qarashga o'rgandim. Ammo O'zbekistonda egallagan mutaxassisligim bo'yicha ishlay olganim yo'q. Ammo qachondir yurist bo'lib ishlash niyatim bor. Hammasini vaqt ko'rsatadi.
«Davron Kabulov prodyusserim»

Foto: Instagram / @fazel_farrukh
Davron Kabulov bilan qarindoshimning to'yida uchrashib qolganmiz. Qo'shiqlarimni eshitib, hamkorlikda ishlashni taklif etdi. Davron akaning g'oyasi asosida 2020 yili «Bor ana» qo'shig'i va klipini yaratdik. Munisa Rizayeva ham Davron akaning taklifiga ko'ra klipda suratga tushib berdi. «Yosh ijodkorni qo'llab-quvvatlaymiz», — degandi. Undan keyin «Rolex Gucci» klipini yaratdik. Klip g'oyasi ham Davron Kabulovga tegishli. Ikki klip ham katta byudjyet evaziga suratga olingan. Bu mablag'lar prodyusserim Davron Kabulov tomonidan sarflangani uchun ularning qancha ekanini bilmayman.
«Million bilan ovora»
Keyingi paytlarda Davron aka «Million» jamoasining kontserti bilan ovora bo'lib qoldi. Shu bois, biroz uzilish bor. Ammo ijodni to'xtatganim yo'q. Yaqin kunlarda «Sog'indim yana» qo'shig'iga ishlangan klipim namoyish etiladi. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 20-iyun kuni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning 'Tanlangan asarlar' kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir yurtimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ijodkorlar, adabiyotshunoslar, yosh shoirlar hamda kitobsevarlar uchun haqiqiy adabiy bayramga aylandi.Taqdimot marosimini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayid ochib berdi. U oʻz nutqida Azim Suyunning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan beq
Moʻgʻulistonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkazilmoqda
Shuningdek, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Moʻgʻulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat oʻrtasida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar Oʻzbekiston va Moʻgʻuliston ' boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini taʼkidladi.'Bizni buyuk tarixiy shaxslar, 'Buyuk Ipak yoʻli', koʻchmanchi va oʻtroq tamaddunlar hamda madaniy merosga boʻlgan hurmat birlashtiradi. 'Buyuk Ipak yoʻli' nafaqat iqtisodiy
Ikki qitʼani birlashtirgan shahar, dengiz va millionlab sayyohlar — Istanbul shahridan fotoreportaj
Istanbul ' dunyoga mashhur qadimiy majmualar joylashgan, millionlab sayyohlarni oʻziga jalb qilgan shahardir. Ushbu shahar turkiyaliklarning asosiy sanoat, savdo va madaniy markazi hisoblanadi.'Xalq soʻzi' foto muxbiri Istanbul shahrining goʻzal manzaralarini kamera obyektiviga muhrladi.Istanbul shahri geografik joylashuviga, iqlim sharoitiga koʻra, dunyoning hech bir mintaqasida uchramaydigan goʻzal tabiatga ega. Yevropa va Osiyo qitʼasini birlashtirgan Bosfor boʻgʻozi ham aynan ushbu s
Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur