Eng og‘riqli mag‘lubiyat, eng uzun sovrinsiz seriya va boshqalar. Ole-Gunnar Sulsherning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati raqamlarda

“Manchester Yunayted” 21-noyabr kuni Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqardi. 48 yoshli mutaxassis mankunianliklarning sobiq yulduzi sifatida jamoaga tashrif buyurgandi. Ammo barchasi og‘riqli va sharmandali yakun topdi: 25-sentabrdan keyin “Manchester Yunayted” APLdagi 7 o‘yinda faqat bir marotaba g‘alaba qozondi (5 ta mag‘lubiyat, bitta durang).
Endi barchasi boshidan boshlanadi — yangi tarix, yangi muvaffaqiyatlar va yangi muammolar. Ushbu sahifada Sulsherning “Manchester Yunayted”dagi faoliyatini raqamlarda ko‘rib chiqiladi.
- Iste’foga chiqqan kunini (2021-yil 21-noyabr) ham hisobga olganda Sulsher 1068 kun mobaynida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bordi. Umumiy hisobda u jamoa bilan 168 ta o‘yin o‘tkazdi: 92 ta g‘alaba, 35 ta durang va 41 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
- Ole-Gunnar Sulsherning jamoadagi davri ikkiga bo‘linadi. Birinchisi — 99 kun mobaynida (2018-yil 19-dekabrdan 2019-yil 28-martga qadar) vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lgan. Ikkinchisi — 969 kun (2019-yil 28-martdan 2021-yil 20-noyabrga qadar) mobaynida jamoa bosh murabiyi sifatida ishlagan.
- Sulsher qo‘l ostida “qizil iblislar” 323 ta gol urdi va 198 ta gol o‘tkazib yubordi. “Manchester Yunayted”ning eng yirik g‘alabasi — 9:0 (2021-yil fevral oyida “Sauthempton” ustidan qozonilgan). Yirik mag‘lubiyat — 1:6 (2020-yil oktabr oyida “Tottenhem”dan qabul qilingan).
- Sulsher qo‘l ostida mankunianliklar umuman sovrin qo‘lga kirita olmadi. 2020/21-yilgi mavsum Yevropa Ligasi finaliga qadar yetib bordi. Ammo “Vilyarreal” penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi — 11:10.
- Ole-Gunnar “Manchester Yunayted”ning sovrinlarsiz seriyasini 4 yilga uzaytirdi. Aniqroq qilib aytganda, 1638 kun.
- Norvegiyalik mutaxassis davrida 16 nafar futbolchi “Yunayted” safida APLda debyut qildi. Ole-Gunnar qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi — Markus Reshford. U barcha musobaqalarda 135 ta o‘yinda maydonga tushdi.
- Mankunianliklar Sulsher bilan APLda 127 o‘yinda 209 ochko jamg‘ardi. Bu qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan natijaning 54,85% qismi.
- Norvegiyalik iste’foga chiqishidan avval jamoa o‘z maydonidagi ketma-ket 15 o‘yinda gol o‘tkazib yubordi. “Qizil iblislar” tarixida faqatgina bir marta bundan yomonroq natija qayd etilgan: 1958-yildan 1959-yilga qadar ingliz jamoasi ketma-ket 21 ta uy uchrashuvida gol o‘tkazgan.
- Sulsher qo‘l ostidagi eng og‘riqli mag‘lubiyat joriy mavsumda qabul qilib olindi. Oktabr oyida “Liverpul” “Old Trafford”da mezbonlar darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Jamoa APL o‘yinlarida ilk bor birinchi bo‘limda 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Kamiga bu “Liverpul”dan uchralgan eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.
- Qayg‘uli raqamlarni keltirishda davom etamiz. “Manchester Yunayted” joriy mavsumda “Manchester Siti”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mankunianliklar 2,5 yildan so‘ng ilk bor Manchester derbisida omadsizlikka uchradi.
- Sulsher transferlar uchun 458 million yevro sarfladi. Bu vaqt davomida birorta APL jamoasi transferlar uchun buncha ko‘p pul sarflamagan. Eng qimmat transfer — Harri Maguayr. Angliyalik himoyachi 87 million yevro evaziga xarid qilingan.
- Ole-Gunnar davrida “Manchester Yunayted” 138 million yevroga futbolchi sotgan. Eng qimmat sotilgan futbolchi — Romelu Lukaku. “Inter” belgiyalik hujumchi uchun 74 million yevro to‘lagan.
- Sulsher bilan “Manchester Yunayted” Premyer Liganing uy o‘yinlarida o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha antirekord o‘rnatdi. 2019/20-yilgi mavsumda jamoa 27 ta gol o‘tkazib yuborgan.
- Ole-Gunnar Sulsher Aleks Fergyusondan keyin “Manchester Yunayted”ni boshqargan beshinchi murabbiy bo‘ldi: Devid Moyes, Rayan Giggz, Lui van Gal va Joze Mourinyo norvegiyalik mutaxassisdan oldin jamoa murabbiyi bo‘lgan.
- Joriy mavsumda APL jadvalining kuchli beshligidan o‘rin olgan jamoalardan faqat bittasi Sulsher Angliyada ishlagan vaqtda sovrin yuta olmagan. “Chelsi” — Yevropa Ligasi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi; “Liverpul” — APL, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi; “Manchester Siti” — APL (ikki marta), Angliya Kubogi, Liga Kubogi (ikki marta); “Arsenal” — Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan. Faqatgina “Vest Hem” 3 yil mobaynida birorta sovrin yuta olmadi. Ammo “bolg‘achilar” kuchli beshlikdan joy olganiga ko‘p vaqt bo‘lmadi.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar