Qoraqalpog'istonda Ichki ishlar vazirligi xodimi va yana ikki shaxs firibgarlik yo'li bilan pora olayotganida qo'lga tushdi. Bu haqda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Maʻlum qilinishicha, Qoraqalpog'istonda olib borayotgan tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik qilib, mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o'tkazishga ruxsat berish evaziga bir guruh shaxslar tomonidan pul talab qilinayotgani haqida fuqarodan ariza kelib tushgan.
Murojaatga asosan 2—3 noyabr kunlari Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tadbir o'tkazilgan.
Tadbirda dastlab fuqaro K.U. tadbirkordan 50 ta yuk mashinasi uchun 3,5 million so'mdan jami 175 million so'm pulni pora sifatida olayotganida jinoyat ustida qo'lga tushgan.
Surishtiruvda K.U. qo'lga kiritilgan pul mablag'larini sherigi A.X.ga olib borib berishi kerakligini, u esa ushbu pullarni Qoraqalpog'iston IIV xodimlariga berishi lozimligini maʻlum qilgan. Shunga ko'ra, sherigi A.X.ga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'rab ariza bilan murojaat qilgan.
Tadbirning keyingi qismida fuqaro K.U. 50 ta yuk mashinasidan faqat 10 tasini YPX maskanidan o'tkazish uchun 35 million so'mni olayotganida qo'lga olingan. U ham tadbirni davom ettirishga rozi bo'lib, ariza bilan murojaat qilgan.
Kelishuvga asosan «Shadli aul» YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV xodimi R.E. tong otguncha oz vaqt qolgani uchun faqat 3 ta mahsulot yuklangan transport vositasini o'tkazishini bildirgan. IIV xodimi R.E. fuqaro A.X.dan pullarni olayotganida jinoyat ustida ushlangan.
Xabarda aytilishicha, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi va 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 211-moddasi (pora berish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Ёutube"da kuzatib boring
Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi
Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik
Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida
Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil
Toshkent koʻchalaridan yana birida harakat vaqtincha cheklandi
Maʼlum qilinishicha, poytaxtning KHAY koʻchasi boʻylab Turkqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Xurshida koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan qismida 35 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan, joriy yilning 13-aprelidan 25-apreligacha Turkqoʻrgʻon koʻchasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi. Qayd etilishicha, harakat har ikki yoʻnalishda yoʻlning bitta tomoni orqali