Zarina Nizomiddinovaning xolavachchasi, Davron Kabulovning bojasi: Qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

O‘zbek shou-biznesida bir-biri bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘lagan ijodkorlar ko‘plab topiladi. Quyida bir-biriga qarindosh ekanini ko‘pchilik bilmaydigan mashhurlar haqida so‘z yuritamiz.
Xosiyat Husanova va Jahongir Teshaboyev
Foto: Instagram
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Husanova yolg‘iz qizini yosh aktyor Jahongir Teshaboyevga turmushga bergan. Bu aktyor tomoshabinlarga “Qadam” serialidagi salbiy roli bilan yaxshi tanish. Hozirda juftlikning bir yoshli o‘g‘illari bor.
Zuhra Ashurova va Madina Muxtorova
Foto: Instagram
O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova hamkasbi Madina Muxtorovaga kelinoyi hisoblanadi. Ya’ni Zuhra Ashurovaning turmush o‘rtog‘i Qahramon Ashurov Madina Muxtorovaning akasidir.
Aziza Begmatova va Izzat Shukurov
Foto: Instagram
Xonanda Izzat Shukurovning otasi bir paytlar mashhur “Toj” guruhining solisti bo‘lgan Tojiboy Shukurov ekani barchaga ma’lum. Ammo Izzat Shukurovning ona tomondan buvisi O‘zbekiston xalq artisti ekanini ko‘pchilik bilmasligi aniq. U o‘zbekning chechasi bo‘lgan aktrisa Aziza Begmatovaning suyukli nabiralaridan biri hisoblanadi.
Kamola Oripova va Zarina Nizomiddinova
Foto: Instagram
Instagram’da millionlab kuzatuvchilariga ega bloger Kamola Oripova aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan xolavachcha hisoblanadi.
Oybek Sultonov va Shahzod Sultonov
Foto: Instagram
Yoshlarning sevimli aktyori bo‘lgan Shahzod Sultonov bir paytlar “Zilola” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Oybek Sultonovning o‘g‘li.
Ismoilovalar oilasi va Baxtiyor Yusupov
Foto: Instagram
Mahmud va Shohida Ismoilovalarning uch nafar qizlari bor. Ularning kuyovlaridan biri O‘zbek Milliy akademik drama teatrining aktyori Baxtiyor Yusupovdir.
Javlon Shodmonov va Rashid
Foto: Instagram
“Via Marokand” guruhi xonandasi Rashid prodyuseri Javlon Shodmonovning qaynukasi bo‘ladi. Garchi Rashid ishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlasa-da, uning guruhga qabul qilinishi shunchaki tasodif emas.
Doniyor Hafizov va Asal Zokirova
Foto: Instagram
“Via Marokand”ning yakkaxoni Asal Zokirova esa aktyor va rejissor Doniyor Hafizovning singlisi bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsa, bir necha yillar avval Doniyor Hafizov “Navo” guruhiga asos solgandi. Ammo guruh faoliyati uzoqqa cho‘zilmagan.
Davron Kabulov va Jamshid Umarov
Foto: Instagram
Davron Kabulov “Afro‘z” guruhi xonandasi Jamshid Umarovning bojasi bo‘ladi. Jamshid oilaning to‘ng‘ich qiziga, Davron Kabulov esa kenja qiz E’zozaxonga uylangan.
Asliddin va Xonzoda Do‘stova
Foto: Instagram
“Aktyor shou” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan aktrisa va model Xonzoda Do‘stova ham san’atkorning farzandi. Uning otasi xonanda Asliddin Do‘stov hisoblanadi. Ammo yosh aktrisa negadir buni sir tutadi.
Munavvara Abdullayeva va Dildora Umarova
Foto: Instagram
“Alpomish” filmidagi Oybarchin roli bilan tomoshabinlarga tanish bo‘lgan aktrisa Dildora Umarova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Munavvara Abdullayevaning qizi hisoblanadi. U aktrisalik faoliyatidan tashqari, onasi singari yosh iste’dod egalariga saboq beradi.
Diyor Bekjonov va Jahongir Xo‘jayev
Foto: Instagram
“Aristokratlar shou”si bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan Diyor Bekjonov do‘sti Jahongir Xo‘jayev bilan munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida uning xolavachchasi bilan oila qurgan. Bundan ayonki, Bekjonovlar va Asalxo‘jayevalar oilasi qudalar hisoblanadi.
Samandar va Sevara Hamroqulova
Foto: Instagram
Samandar va Iskandar Hamroqulovlarning yolg‘iz singlisi Sevara ham san’at sohasida faoliyat yuritadi. U ayni kunda O‘zbekiston davlat satira teatrida faoliyat yuritadi. Film va seriallarda ham katta-kichik rollarni ijro etadi.
Mavzuga doir:
- Yulduzlarning o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto)
- “Buning hammasini ukam va xotini qilyapti”. Bobomurod Hamdamovning qizi ota-onasini ko‘chada qoldirayotgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi (video)
- Moda sanoatini ham zabt etgan mashhur shou-biznes vakillari (foto)
- Munisa Rizayevaning singlisi opasining qaysi qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rishini aytdi
«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла