calendar 29 Oct 04:10
eye 68
comments 0
comments Manba: daryo

JCh bilan xayrlashgan Mirazizbek, 43 yil avvalgi antirekordini takrorlagan “Bavariya” va egizak farzand kutayotgan Ronaldu. Eng so‘nggi sport yangiliklari

image

Dunyo va o‘zbek sportiga oid 28-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.

O‘zbekiston

Amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov amerikalik bokschiga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh—2021 bahslarining 4-kunidan o‘rin olgan bahslar o‘tkazilmoqda.

-57 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov amerikalik Jamal Harviga qarshi ringga ko‘tarilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Amaldagi jahon chempioni bo‘lgan Mirazizbek musobaqa bilan xayrlashdi.

+92 kg vaznda harakat qiladigan Lazizbek Mullajonov esa eronlik Amiri Puriani 4:1 hisobida mag‘lub etdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qildi.

-67 kg vazn toifasida harakat qiladigan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev falastinlik Ahmed Xararaga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Mo‘ydinxo‘jayev 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Bunyodkor” va “OKMK” O‘zbekiston Kubogining yarim finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Foto: “OKMK”

O‘zbekiston Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan o‘yinlar 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “OKMK” so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga “Qizilqum”ni yengdi. “Bunyodkor” esa “Surxon”dan ustun keldi.

Jahon

Ronaldu va Jorjina Rodriges egizak farzand kutmoqda

Foto: Twitter

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning qaylig‘i Jorjina Rodriges egizak farzand kutayotganini ma’lum qildi.

“Biz egizak farzand kutayotganimizni e’lon qilishdan xursandman. Qalbimiz mehrga to‘la. Sizlar bilan uchrashishni intiqlik bilan kutamiz”, — deb yozadi Ronaldu Instagram sahifasida.

Ronaldu bir necha yildan beri Rodriges bilan birga hayot kechiradi. Ularning 3 yoshli Alana Martina ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, Rodriges Ronalduning surrogat onadan tug‘ilgan uch nafar farzandiga ham onalik qiladi.

Lautaro Martines “Inter” bilan shartnomasini uzaytirdi

Foto: Twitter

Hujumchi Lautaro Martines “Inter” bilan  2026-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, hujumchining “Inter” bilan avvalgi shartnomasida 111 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan edi. Yangi bitimda esa tovon puli miqdori ko‘rsatilmagan.

Fatining jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi

Foto: Twitter

“Barselona” yarim himoyachisi Ansu Fatining jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi, deb xabar qilmoqda As.

Qayd etilishicha, 18 yoshli futbolchining jarohati jarrohlik amaliyotini talab qilmaydi. Qayta tiklanish uchun esa unga 7—10 kun kerak bo‘ladi.

Avvalroq Fatining tizzasidagi og‘riq tufayli noma’lum muddatga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi.

Xavi “Barselona”ni boshqarishga rozi bo‘ldi

Foto: Getty Images

Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi “Barselona”ni boshqarishga rozi bo‘lgan. Biroq kelishuvni amalga oshirishda bir qator to‘sqinliklar bo‘lishi mumkin.

Diario Sport’ga ko‘ra, hozirda katalon klubi “As-Sadd” bilan Xavining shartnomasini bekor qilish borasida ish olib bormoqda. Shartnomada mutaxassisning tovon puli 1 million yevro etib belgilangan.

Avvalroq RAC1 ham Xavining “Barselona”ga rozilik berganini tasdiqlagandi. Xavining noyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin o‘z shtabi bilan jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi kutilmoqda.

Ungacha esa jamoa bosh murabbiyi vazifasini vaqtinchalik Serxi Barxuan bajarib turadi.

“Barselona” Kumanni iste’foga chiqargani uchun unga 12 million yevro to‘lab beradi

Foto: Twitter

“Barselona” Ronald Kumanni iste’foga chiqargani uchun niderlandiyalik mutaxassisga katta miqdorda kompensatsiya to‘laydi.

El Pais xabariga ko‘ra, 58 yoshli Kumanga 12 million yevro to‘lanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Kuman La Liga doirasida “Rayo Valyekano”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etilgandi.

“Bavariya” 43 yil avvalgi antirekordini takrorladi

Foto: Getty Images

“Bavariya” Germaniya Kubogi 1/16 doirasida “Borussiya M”ga mag‘lub bo‘ldi (0:5).

Bu Myunxen klubi uchun musobaqa tarixidagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. Shuningdek, bu “Bavariya” uchun barcha musobaqalarda 1978-yildan keyingi eng yirik mag‘lubiyat hisoblanadi. Jamoa o‘shanda “Fortuna”ga 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan keyin “Bavariya” biror marta ham 5 yoki undan ko‘p gol farqi bilan mag‘lubiyatga uchramagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
38
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

18 Apr 11:08
 
367
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi

Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?

Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi