calendar 12 Oct 14:11
eye 31
comments 0
comments Manba: daryo

“Sputnik V” formulasi josuslar tomonidan o‘g‘irlangan, emlanmagan Braziliya prezidenti futbol musobaqasiga kiritilmadi. Koronaxabarlar

image

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 238 310 619 kishiga yetdi, shularning 4 858 053 nafari vafot etgan. Shuningdek, jahon bo‘yicha 6,498 milliard dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (44,4 million), Hindiston (33,9 million), Braziliya (21,5 million), Buyuk Britaniya (8,2 million) va Rossiya (7,6 million) yetakchilik qilmoqda.

Malayziyada katta yoshdagi aholining 90 foizdan ko‘prog‘i COVID-19 ga qarshi to‘liq emlandi

Foto: EPA

“Sputnik V’ formulasini Putinning josuslari Oksforddan o‘g‘irlashgan”

Britaniyaning The Sun gazetasi koronavirusiga qarshi Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasining formulasini Putinning josuslari Oksford shahridan o‘g‘irlab ketgani haqida maqola chop etdi.

Nashr ta’kidlashicha, shunga o‘xshash formuladan Oxford/AstraZeneca inyeksiyasini yaratishda foydalaniladi. “Sputnik V’ formulasini Putinning josuslari Oksforddan o‘g‘irlashgan”, — deyiladi nashrda.

Maqola mualliflarining yozishicha, Oksford xavfsizlik xizmatida ushbu versiyani isbotlovchi dalillar bor. Bu aynan qachon sodir bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. G‘arb razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya “Sputnik V”da Oksford vaksinasini ishlab chiqishda foydalaniladigan texnologiyadan nusxa ko‘chirgan, deyiladi maqolada.

Kreml, ushbu maqolaga izoh berar ekan, uning “salbiy nom chiqargan va ilmiy bo‘lmagan gazetada” chop etilganini ta’kidladi. “Bizning bu kabi nashrlarga munosabatimiz shu”, — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Braziliya prezidenti emlanganlik pasporti yo‘qligi sabab futbol chempionatiga kiritilmadi

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruning ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikati yo‘qligi sababli u futbol bo‘yicha mamlakat chempionatiga qo‘yilmagan. Prezident 11-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan “Santos” — “Gremo” uchrashuvida qatnashmoqchi edi.

“Menga emlanganlik pasporti nimaga kerak? Men shunchaki “Santos”ning o‘yinini ko‘rmoqchi edim, ular esa menga emlanish kerakligini aytishdi. Nima uchun? Mendagi antitanalar vaksina olganlarnikiga qaraganda ko‘proq”, — ta’kidladi prezident.

11-oktabr kuni “Santos” koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq tanaffusdan so‘ng tomoshabinlar qarshisida birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Braziliyaning aksariyat shtatlaridagi futbol o‘yinlariga faqat emlanganlik pasporti bilan kirish mumkin.

Bolsonaru bir necha bor ommaviy emlash va karantinga qarshi chiqqan. Pandemiya boshida u koronavirus xavfini rad etgandi. Emlanganlik sertifikati yo‘qligi sababli avvalroq prezidentga Nyu-Yorkdagi pitssaxonaga kirishga ruxsat berilmagandi.

JSST immuniteti zaif kishilarni qo‘shimcha doza bilan emlashni tavsiya qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari immuniteti zaif kishilarga koronavirusga qarshi vaksinaning qo‘shimcha dozasini berishni tavsiya qildi.

JSSTning Strategik maslahatchi guruhi xulosasiga ko‘ra, ushbu toifadagi kishilarga qo‘shimcha vaksina taklif qilinishi zarur, chunki ular uchun “standart vaksinatsiya” yetarli bo‘lmasligi mumkin va ularda COVID-19 ning og‘ir shakli bilan kasallanish xavfi bor.

Mutaxassislar, shuningdek, Xitoyning Sinovac yoki Sinopharm preparatlari bilan emlangan 60 yoshdan kattalar uchun qo‘shimcha doza olishni tavsiya qildi. Ularning izohlashicha, bir qator tadqiqotlar katta yoshli kishilarda mazkur vaksinalar vaqt o‘tishi bilan o‘z kuchini yo‘qotishini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, maslahat guruhining ta’kidlashicha, mamlakatlar birinchi navbatda, iloji boricha ko‘proq keksa odamlarni ikkita doza bilan emlashga e’tibor qaratishi, shundan keyingina uchinchisiga o‘tishi kerak.

JSST ilgari qo‘shimcha doza bilan emlash g‘oyasini tanqid qilgandi. “Ba’zi mamlakatlar buster (kuchaytiruvchi) vaksinatsiyalarni amalga oshirishga qodir bo‘lsa-yu, boshqalar emlashning birinchi va ikkinchi bosqichlarini hali tugatmagan bo‘lsa, bu axloqiy jihatdan nomaqbul”, — degan edi tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus.

Fransiyada emlash COVID-19 dan o‘lim xavfini keskin kamaytirdi

COVID-19 ga qarshi emlash Fransiyada vaksina olganlarning koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilishi va infeksiya oqibatida vafot etishi holatlarining oldini olishda yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Bu haqda Fransiya hukumati bilan ishlaydigan Epi-Phare tibbiyot guruhining tadqiqotiga asoslanib, fransuz matbuoti xabar berdi.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, vaksinaning ikkinchi dozasini olganidan 14 kun o‘tgach, emlanganlar orasida koronavirus yuqtirib olgan taqdirda kasalxonaga tushish yoki vafot etish xavfi 90 foiz kamaygan. Shu bilan birga, delta shtammidan zaruriy himoya effekti 75 va undan katta yoshdagi odamlarda 84 foiz, 50—75 yoshli odamlarda 92 foizni tashkil etgan.

OAV aniqlik kiritishicha, COVID-19 og‘ir kechishining oldini olishga qaratilgan ushbu tadqiqot AQSh, Buyuk Britaniya va Isroildagi vaksinatsiya samaradorligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi. Biroq, Fransiyadagi tadqiqotchilar, ularning ishi misli ko‘rilmagan miqyosda ekanini da’vo qilmoqda.

Tadqiqotchilar Fransiyada emlash kampaniyasi boshlangan 2020-yil dekabridan boshlab to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilgan. Mutaxassislar 50 yoshdan oshgan 22 million odam haqidagi ma’lumotlarni solishtirgan — ularning 11 millioni emlangan yana 11 millioni vaksina olmagan edi. Mutaxassislar emlangan va emlanmaganlardan yoshi, jinsi, yashash joyi bir xil bo‘lgan “juftlar” tuzdi hamda preparatning ikkinchi dozasini olgan paytdan boshlab 20-iyulgacha ularning hayotini kuzatdi.

Tadqiqot Pfizer/BioNtech, Moderna va AstraZeneca vaksinalari bilan emlangan kishilarda o‘tkazilgan.

OAV xabar berishicha, ilmiy ish natijalari besh oy mobaynida — ushbu tadqiqotning xronologik davrida —  COVID-19 ning og‘ir shaklidan vaksina hosil qilgan himoya darajasi pasaymaganini ko‘rsatdi.

Shuningdek:

  • Koronavirusga qarshi emlanishni istamaydigan yoki bu borada bir qarorga kela olmayotgan fuqarolarni uyquda emlash mumkin. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte shunday taklif bilan chiqdi. “Bilaman, ko‘pchilik haliyam emlanishni istamaydi. Keling, ularni uyiga boraylik va ular uxlayotgan paytda emlaylik”, — dedi Duterte. U o‘z tashabbusiga shaxsan rahbarlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, davlat rahbari himoya niqobini taqish va ijtimoiy masofani saqlash zarurligini yana bir bor eslatdi. Filippinda 23 milliondan ortiq odam emlangan. Rasmiylar yil oxirigacha 70 milliongacha fuqaroni emlashni rejalashtirmoqda

Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
16
0
xs.uz

Rossiyada yuz bergan YTHda 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi

Rossiyaning Nijegorodsk viloyatida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat politsiyasi Telegramʻdagi kanalida xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 2024-yil 1-sentyabr kuni sodir boʻlgan. 32 yoshli tojikistonlik haydovchi 'Hyundai' rusumli mikroavtobusining boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng mikroavtobus toʻsiqqa urilib, agʻdarilib ketgan.Oqibatda uning ichida boʻlgan 11 nafar oʻzbekistonlikning 8 naf

03 Sep 21:35
 
18
0
xs.uz

Rossiya AQSHni global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarishda aybladi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narыshkin AQSHning yadroviy maydondagi harakatlari global xavfsizlikni yoʻqqa chiqarayotganini bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Sovet Ittifoqining birinchi yadroviy bomba sinovi oʻtkazilganining 75-yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlagan Narыshkin AQSHni asosiy yadroviy kelishuvlardan chiqqani uchun tanqid qilgan. U AQSHning yaqinda Nevadada oʻtkazgan sinovlarini Amerikaning yadroviy salohiyatini

20 Sep 00:23
 
11
0
xs.uz

Ukrainaning “gʻalaba rejasi” ishlaydimi? AQSH oʻz munosabatini bildirdi

AQSH rasmiylari Ukrainaning yangi taklif etayotgan 'Gʻalaba rejasi'ga ishonch bildirdi. Bu haqda 'Newsweek' xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Rossiya bilan uzoq davom etgan mojaroga barham berish uchun ushbu loyiha eng samaralisi boʻlishi mumkin. Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan eʼlon qilingan reja 'haqiqiy, adolatli tinchlik'ni taʼminlashga qaratilganini iddao qilgan.Qayd etish kerakki, strategiyaning aniq tafsilotlari hali jamoatchilikka toʻliq oshkor etilmagan. A

24 Aug 17:27
 
17
0
xs.uz

Obamalar oilasi AQSH prezidentlik saylovida kimga ovoz berish kerakligini aytishdi

AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama Demokratik partiyaning Chikagodagi milliy qurultoyida kutilmaganda chiqish qilib, vitse-prezident Kamala Xarrisni qattiq qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda 'France 24' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Barak Obama Xarrisni 'xalqini koʻrib, eshitadigan' va har kuni Amerika xalqi uchun kurashishga tayyor odam sifatida maqtadi. U Xarrisga 'ha, u qila oladi' degan sobiq prezident.Mishel Obama ham bu fikrni takrorlab, Xarri